Ren Hang




Ren Hang (talaffuzi: Jen Han) (1989-yil 23-fevralda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Wuhan Three Towns“ klubida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Ren Hang futbolchilik faoliyatini 2007-yilgi mavsumda Changsha Ginde bilan boshlagan, u 2007-yilning 4-oktyabrida „Shanghai Shenhua“ga qarshi oʻyinda (2:0) klub safida debyut qilgan. Keyingi mavsumda u 24 ta oʻyinda mayonga tushib, oʻzini jamoaning asosiy oʻyinchisi sifatida koʻrsatgan, Changsha 2008-yilgi mavsum oxirida jadvalning oʻrtasidan joy olishgan. U 2010-yilgi mavsumgacha jamoa himoyasida muntazam ravishda maydonga tushgan, oʻshanda klub yomon oʻyin koʻrsatgan va Ren jamoa birinchi ligadan tushib ketgani sababli klubni tark etgan.

2011-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Renga klubni tark etishga ruxsat berilgan va u yuqori divizion vakili Jiangsu Suning jamoasiga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2011-yilning 3-aprelida Beijing Guoanga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan. Ren jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylangan, jamoaning natijalari asta-sekin yaxshilanib borgan va klub 2011-yilgi mavsum oxirida oʻzining eng yaxshi liga natijasini qayd etgan.

Ren 2016-yilning iyun oyida klub bilan shartnoma mojarosi tufayli „Jiangsu“ning zaxira jamoasiga tushirilgan. 2016-yilning 16-sentyabrida u Jiangsu bilan shartnomasini bekor qilgan va Xitoy Superligasining boshqa jamoasi „Hebei China Fortune“ga qoʻshilgan. Ammo u 2017-yilgi mavsumgacha klub tarkibida maydonga tusha olmagan. U klubdagi debyutini 2017-yilning 5-martida Henan Jianyega qarshi oʻyinda (0:0) oʻtkazgan.

Xalqaro faoliyati



Ren Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2014-yilning 18-iyunida Makedoniyaga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan. U ilk xalqaro golini 2017-yilning 7-iyunida Filippinga qarshi oʻyinda (8:1) kiritgan.

Faoliyat statistikasi



Klub statistikasi




Xalqaro statistika




Xalqaro maydondagi gollar




Yutuqlar



Klub



Jiangsu Suning

Wuhan Three Towns

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz