René Adler




René Adler (talaffuzi: Rene Adler)(1985-yil 15-yanvarda tugʻilgan) — nemis futbolchisi, darvozabon sifatida oʻynagan.

Yoshlik yillari



Adler sobiq Sharqiy Germaniya terma jamoasi aʼzosi Yens Adlerning oʻgʻli. Uning amakivachchasi — isroil-amerikalik professional lakroschi Maks Adler.

Klubdagi faoliyati



VfB Leipzig



Adler olti yoshida VfB Leipzigning yoshlar jamoasida oʻynagan. Leipzig uchun toʻqqiz yil oʻynagach, Adler 2000-yilda Bayer 04 Leverkusenning yoshlar jamoasiga qoʻshilgan.

Bayer 04 Leverkuzen



Yoshlar jamosida oʻynaganidan soʻng, Adler 2002-yilda B jamoasiga qoʻshilgan. U 2002/03-yilgi mavsumda B jamoasida sakkizta oʻyinda maydonga tushgan<ref» Club matches">„René Adler " Club matches“. World Football. Qaraldi: 3-iyun 2016-yil.

</ref>. 2003/04-yilgi mavsum boshida u Bundesligada oʻynagan klubning asosiy tarkibiga koʻtarilgan.

Keyingi yillarda Adler jarohatlar tufayli yangi imzolangan Bernd Leno oʻz oʻrnini egallagunga qadar birinchi darvozabon boʻlib qolgan. U 2008/09-yilgi mavsumda 37 2009/10-mavsumda 33 va 2010/11-yilgi mavsumda 44ta oʻyinda maydonga tushgan. 2012-yilning yozida Adler Leverkuzen bilan oʻn ikki yil oʻynagach, erkin agent sifatida klubni tark etgan. U 2011/12-yilgi mavsumda B jamoasida atigi 2 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Hamburger SV



Adler 2012-yilda Bundesligadagi raqibi „Hamburger SV“ bilan besh yillik shartnoma imzolagan. U Germaniya kubogida Karlsruher SCga 4:2 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda debyut qilgan. Adler 2012/13-yilgi mavsumni 33 oʻyin, 2013/14-yilgi mavsumni 33, 2014/15-yilgi mavsumni 15 oʻyin, 2015/16 yilgi mavsumni 25 oʻyin bilan yakunlagan.

2017-yilning may oyida Adler „Hamburger SV“ bilan shartnomasini uzaytirmasligini va besh yildan soʻng klubni tark etishini eʼlon qilgan.

Mainz 05



2017-yil iyul oyida Adler Mainz 05 jamoasi tarkibiga qoʻshilgan.

Isteʼfo



2019-yil 1-mayda Adler 2018/19-yilgi mavsumdan soʻng faoliyatini yakunlashini eʼlon qilgan. Umuman olganda, u Germaniya chempionatining 269 uchrashuvida maydonga tushgan.

Xalqaro faoliyati



Adler Dieter Eilts boshchiligida Germaniya U-21 terma jamoasida toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan. U Yevro-2008da ikkinchi oʻrinni egallagan Germaniya terma jamoasining asosiy oʻyinchisi boʻlgan. Jens Lehmann nafaqaga chiqqanidan va Robert Enke vafot etganidan soʻng, u Jahon chempionati saralash bosqichida birinchi tanlov darvozaboniga aylangan. Adler Germaniya terma jamoasi safida 2008-yilning 11-oktyabrida Rossiyaga qarshi jahon chempionati saralash oʻyinida debyut qilgan. Jahon chempionatida Germaniya terma jamoasining asosiy darvozaboni sifatida tasdiqlangan boʻlsa-da, qovurgʻasidan olgan jarohati tufayli u munidalga bora olmagan. Adler ikki yil davomida terma jamoa safida ishtirok eta olmagan, biroq 2012-yilning noyabrida Hamburger SVga qoʻshilganidan soʻng ajoyib oʻyin koʻrsatgani uchun Gollandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga chaqirilgan. Biroq Adler JCh-2014 uchun Germaniya terma jamoasiga chaqirilmagan. 2008—2013 yillar oraligʻida u 12 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz