Remko Pasvir
Remko Jurian Pasveer (talaffuzi: Remko Pasvir; 1983-yil 8-noyabrda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Erediviziyaning Ajax klubi va Gollandiya terma jamoasi darvozaboni
Klublardagi faoliyati
Twente
Pasveer mahalliy SC Enschededa futbol oʻynay boshlagan. Twentega oʻtib, 2003-yildan 2006-yilgacha Cees Paauwe va Sander Boschkerdan keyingi 3-zaxira darvozaboni boʻlgan.
Heracles Almelo
2006-yilning yozida Herakles Almeloga oʻtdi. 2008—2009- va 2009—2010-yilgi mavsumlarda Eerste Divizionida vakili Go Ahead Eagles jamoasida ijarada oʻynadi. 2010—2011-yilgi mavsumda Pasveer asosiy darvozabon sifatida Geraklesga qaytdi.
PSV
2014-yilning yozida Pasveer PSV bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Eindhoven klubidagi rasmiy debyutini 2014-yilning 21-avgustida, 2014—2015-yilgi UEFA Yevropa Ligasi doirasidagi so‘nggi saralash bosqichida Shakhtyor Soligorsk klubiga qarshi o‘tkazdi. Oʻsha mavsumda KNVB kubogi va Yevropa ligasi oʻyinlarida yana bir necha bor oʻynadi. PSV Erediviziya chempionligini qoʻlga kiritganidan bir hafta oʻtgach, Pasveer klub safida 32-turda Excelsiorga qarshi oʻyinda debyut qildi. 2016-yil 8-may kuni PSV bilan ketma-ket ikkinchi marta mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. 2016-yilning 1-noyabrida UEFA Chempionlar ligasida Bayernga qarshi oʻyinda (1:2) maydonga tushdi.
Vitesse
Pasveer 2017-yilning iyul oyida Vitesse bilan shartnoma imzoladi. 2017-yilning 5-avgustida „Feyenoord“ga qarshi oʻyinda debyut qildi. 2019—2020-yilgi mavsumda „Vitesse“ muxlislari tomonidan „Yil futbolchisi“ deb topildi.
Ajax
2021-yilning 23-aprelida Pasveer „Ajax“ bilan ikki yillik shartnoma imzolagani maʼlum bo‘ldi. Klubdagi debyutini 7-avgust kuni PSVga qarshi oʻyinda (4:0) oʻtkazdi. 2021—2022-yilgi mavsumning 12-turigacha ichki chempionatda atigi 2 ta gol o‘tkazib yuborgani. Bu rekord boʻldi, chunki bungacha Erediviziyada hech bir darvozabon dastlabki 12 oʻyin davomida bunday kam gol oʻtkazib yubormagan edi.
Xalqaro faoliyati
Pasveer Gollandiya terma jamoasi bilan 2006-yili Portugaliyada boʻlib oʻtgan 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan.
2022-yil 22-sentabrda Gollandiya terma jamoasi safida 2022—2023-yilgi UEFA Millatlar ligasi o‘yinida Polshaga qarshi asosiy tarkibda debyut qildi.
Faoliyat statistikasi
Klub
12-noyabr, 2022-yil holatiga koʻra[20]
Xalqaro
25-sentyabr, 2022-yil holatiga koʻra[21]
Yutuqlari
Heracles Almelo PSV Ajax Niderlandiya U21 Individual Manbalar
uz.wikipedia.org