Remi Matthews
Remi Luke Matthews (talaffuzi: Remi Lyuk Metyus) (1994-yil 10-fevralda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Remi Matthews Shotlandiya Premyer -ligasi vakili „St Johnstone“ futbol klubida darvozabon sifatida oʻynaydi.
Remi Matthews oʻz faoliyatini „Norwich City“ futbol klubida boshlagan. U Shotlandiya Premyer -ligasining „Hamilton Academic“ futbol klubiga va Angliya futbol ligasining bir nechta jamoalariga ijaraga berilgan va 2019-yilning yanvarida doimiy ravishda „Bolton“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. 2020-yilda Remi Matthews bir yillik shartnoma asosida „Sunderland“ futbol klubiga oʻtgan. 2021-yilning iyul oyida Remi Matthews „Crystal Palace“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
Faoliyati
Norwich City
Norfolk shtatining Gorleston shahrida tugʻilgan Matthews oʻz faoliyatini „Norwich City“ futbol klubi akademiyasida boshlagan. Remi Matthews 2014-yilning 27-noyabrida Ikinchi liga vakili „Burton Albion“ futbol klubi safiga bir oylik ijara asosida qoʻshildi.
2015-yilning 6-iyulida Remi Matthews „Burton“ futbol klubiga keyingi yanvargacha ijara shartnomasi asosida qayta qoʻshildi. Bir hafta oʻtgach, u ota-klubi bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi.
Barcha musobaqalarda oltita oʻyindan soʻng Remi Matthews „Norwich“ klubiga qaytdi. 2016-yilning 24-martida u birinchi ligaga qaytdi va mavsumning qolgan qismida „Doncaster Rovers“ futbol klubiga qoʻshildi.
2016-yilning 16-iyulida Remi Matthews Shotlandiya Premyer -ligasining „Hamilton Academical“ futbol klubiga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi va yana bir yil „Norwich“ klubida ishlash imkoniyati bilan ikki yillik yangi shartnoma imzoladi.
Sunderland
Remi Matthews 2020-yilning 21-avgustida bir yillik shartnoma asosida Birinchi liga vakili „Sunderland“ futbol klubiga oʻtdi. 2021-yilning 25-mayida u shartnoma muddati tugagach, mavsum oxirida „Sunderland“ futbol klubini tark etishi eʼlon qilindi.
Crystal Palace
2021-yil iyul oyida Remi Matthews „Crystal Palace“ futbol klubiga ikki yillik shartnoma asosida qoʻshildi.
St Johnstone (ijara) 2022—2023-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Remi Matthews Shotlandiyaning „St Johnstone“ futbol klubiga mavsumiy ijaraga yuborilgan edi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org