Remi Elie
Remi Elie (talaffuzi: Remi Elye)(1995-yil 16-aprelda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Remi Elie hozirda Shvetsiya Xokkey Ligasining (SHL) „Färjestad BK“ xokkey jamoasida oʻynaydi.
Oʻyin faoliyati
Remi Elie 2011-yilgi Ontario xokkey ligasining (OHL) ustuvor tanlovida „London Knights“ xokkey klubi safiga 91-oʻrindagi tanlov asosisda qoʻshildi. „ Knights“ xokkey klubi bilan ikki mavsumdan soʻng, Remi Elie Brady Austin evaziga „Belleville Bulls“ xokkey klubiga almashtirildi.
2014-yil 28-sentabrda 2013-yilgi NHLga kirish loyihasida Remi Elieni „Dallas Stars“ xokkey klubi safiga uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnomaga imzolab qoʻshilganligi eʼlon qilindi. Remi Elie 2014—2015-yilgi mavsumda „Belleville Bulls“ xokkey klubi bilan oʻynashni davom ettirdi va oʻzining kichik faoliyatini yakunlash uchun „Erie Otters“ xokkey klubiga oʻrta mavsum transferida qoʻshildi.
Remi Elie NHLdagi ilk golini 2017-yil 12-mart kuni „San Jose Sharks“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda kiritdi. Keyingi mavsumda erkin agent boʻlgan Elie „Stars“ klubining 2018—2019-yilgi mavsum uchun bir yillik 735 000 dollarlik shartnoma taklifini qabul qildi.
„Stars“ xokkey klubining 2018—2019-yilgi oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashganidan soʻng, Remi Elie ozodlikka chiqarilgan va „Buffalo Sabres“ xokkey klubi bilan shartnoma imzolagan. Elie „Sabres“ klubi safida 16 ta oʻyinda maydonga tushgan.
2021-yil 29-yanvarda Elie „Sabres“ xokkey klubidan keyin erkin agent sifatida „Rochester Americans“ xokkey klubi bilan faoliyatini davom ettirish uchun bir yillik AHL shartnomasini imzoladi. Elie „Americans“ klubi bilan 2020—2021-yilgi qisqartirilgan mavsumni muvaffaqiyatli oʻtkazdi, 28 oʻyinda maydonga tushdi va 10 gol va 19 ochko jamgʻarib, klubda gollar soni boʻyicha yetakchilik qildi va ochkolar boʻyicha ikkinchi oʻrinni egalladi.
Remi Elie 2021-yil 28-iyulda Stanley kubogi gʻolibi „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnomaga rozi boʻldi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org