Rem Viakhirev




Rem Ivánovich Viakhirev — 1934-yil 23-avgustda tugʻilgan rus tadbirkori. Rem Viakhirev 1992—2001-yilgacha „Gazprom“ rahbari boʻlgan. 2001-yil may oyida Putinning iqtisodiy qudratini mustahkamlash davrida Viaxirev raislikdan ketishi kerak edi. Uning vorisi Aleksey Miller boʻlgan.

Biografiyasi



Rem Viakhirev 1934-yil 23-avgustda Kuybishev viloyati, Buyuk Chernigovka qishlogʻida tugʻilgan.

Rem Viakhirev 1976-1978-yillarda Orenburg gazdobicha kompaniyasi direktori boʻlgan. 1978-1982-yillarda "Orenburg Gazprom" kompaniyasining bosh muhandisi boʻlgan.

1983-1985-yillarda Rem Viakhirev SSSR gaz sanoati vazirining oʻrinbosari hamda Tyumen Gazprom kompaniyasi raisi boʻlgan. 1986-yilda Sovet Ittifoqi gaz sanoati vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

1989-yilda Rem Viakhirev „Gazprom“ konserni raisi etib tayinlandi. 1992-yildan 2001-yilgacha Rem Viakhirev Gazprom bosh direktori boʻlgan.

Rem Viakhirev 1996-yil may oyidan Sibir neft kompaniyasi raisi boʻlgan. Rem Viakhirev 1994-yildan Sanoat siyosati va biznes boʻyicha hukumat kengashi aʼzosi ham boʻlgan. 1994-yildan 1995-yilgacha Rem Viakhirev Imperia Bank raisi boʻlgan. 1995-yildan Rossiya jamoat televideniyesi direktorlar kengashi aʼzosi boʻlgan.

2001-yildan 2002-yilgacha Rem Viakhirev Rossiya neft kompaniyasi (RGO) raisi boʻlgan. Rem Viakhirev 2013-yil 11-fevralda 78 yoshida Moskvada vafot etgan.

Shaxsiy hayoti



Rem Viakhirev oilali. Uning bir oʻgʻli, bir qizi hamda ikki nabirasi bor.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz