Reinaldo Rueda




 

Reinaldo Rueda Rivera- 1957-yil 16-aprelda tugʻilgan ,kolumbiyalik futbol murabbiyi.

U Kolumbiya 20 yoshlilar terma jamoasi murabbiyi bo'lgan. Ular 2003-yilgi FIFA yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida 3-o'rinni egalladi. Shuningdek , u Kolumbiyani 2003-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida 4-o'ringa olib chiqdi.

2006-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida muvaffaqiyatsizlikdan so'ng (5 o'yindan keyin atigi 1 ochko) Kolumbiya futbol federatsiyasi Rueda kattalar jamoasiga murabbiy qilib tayinladi. Uning qo'l ostida jamoa yaxshilandi. Saralashdan o'ta olmagan bo'lsa-da, oxirgidan 6-o'ringacha yetib keldi. Keyin u Hondurasga ko'chib o'tdi va ularning terma jamoasini 2010-yilgi FIFA Jahon chempionatiga olib chiqdi.

Yoshligi



Rueda Kalida tug'ilgan. U Germaniyaning "Deutsche Sporthochschule Köln" universitetida magistrlik darajasini tamomlagan. Nemis tilini mukammal o`rganib, universitet professori va Kolumbiya milliy murabbiylar maktabida bir nechta kurslarni o'qigan. U o'qishni Yevropada davom ettirdi, FIFA va UEFA murabbiylik kurslarida qatnashdi.

Menejerlik faoliyati



Kolumbiya terma jamoasi



Rueda Kolumbiya murabbiyi sifatida U-17, U-20, U-21, U-23 va milliy terma jamoalarini boshqargan. Rueda 2000 va 2001-yillarda Kolumbiya U-21 bilan Fransiyadagi "Tulon" turnirida so‘nggi saralash bosqichlarini o‘tkazgan. Birinchi turnirda, Rueda davrida Kolumbiya Irlandiya Respublikasi (1:0), Gana (4:1) va Kot-d'Ivuar (3:1) termalarini mag'lub etdi. 3-iyun kuni Portugaliyaga qarshi finalda Kolumbiya penaltilar seriyasida chempionlikni qo‘lga kiritgan(3–1).

2003-yilda Urugvayda bo'lib o'tgan Janubiy Amerika U-20 turnirida Reynaldo Rueda o'z jamoasini 10 yillik tanaffusdan so'ng FIFA U-20 Jahon chempionatiga yo'llanmani qo`lga kiritdi. Muvaffaqiyatlari uni 2006-yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionatiga chiqish vazifasi uchun kattalar jamoasining murabbiyiga aylantirdi. Biroq ,omadsizlikka uchrab Rueda ikki yillik boshqaruvdan so'ng ishdan bo'shatildi.

Gonduras terma jamoasi



Shaxsiy hayot



2011-yilda Rueda Gonduras fuqarosi sifatida qabul qilindi.

Boshqaruv statistikasi



match played 29 March 2022

Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz