Regressiya (psixologiya)




Regressiya (lotincha: Regressus – teskari harakat) – bu himoya mexanizmi boʻlib, u mojaro yoki tashvishli vaziyat sharoitiga psixologik jihatdan moslashish shakli hisoblanadi. Bunda inson ongsiz ravishda himoya va xavfsizlikni kafolatlaydigan nisbatan gʻoʻr va noadekvat xatti-harakatlarga tayanib ish koʻradi.

Tavsif



Ushbu himoya usuli obyektiv haqiqatga asoslanadi, chunki odamlar odatda kichik bolani kattalarga qaraganda koʻproq himoya qiladi. Aksariyat odamlar bolalik davridagi xavfsizlik hissi bilan bogʻliq xotiralarni yodida saqlab qolish bilan birga, baʼzida ongsiz ravishda oʻzlarini muammolardan himoya qilishning paradoksal usulidan foydalanadilar, yaʼni ular bolalarcha, yoshlariga mos kelmaydigan xarakter xususiyatlari va xatti-harakatlarini namoyon qila boshlaydilar. Koʻpincha bu aslida atrofdagilar „himoyasiz bola“ ni himoya qila boshlashlariga olib keladi, lekin har doim ham emas: regressiya holati hatto yaqin atrofda hech kim boʻlmasa ham namoyon etilishi mumkin.

Qayeridir ogʻriyotganligi yoki zararlanganligini boshqalar koʻz oʻngida namoyish qilish ham regressiyaga tegishli alomat, chunki bu holatlar quyidagi mazmunni ifodalaydi: „Men kasalman, men oʻzimga gʻamxoʻrlik qila olmayman, men oʻzimni oʻzim himoya qila olmayman“. Natijada, regressiyani suiisteʼmol qiladigan baʼzi odamlarda bu surunkali kasalliklarga va surunkali layoqatsizlikka olib kelishi, natijada gipoxondriyaga yuzaga kelishi va bu somatizatsiya bilan birga kechishi mumkin. Regressiya shaxsiyatning asosiga, muammolarni bartaraf etishning hayotiy strategiyasiga aylanib qolsa, bunday shaxsiyat infantil shaxsiyat deb ataladi.

Regressiya holati isteroid shaxsiyatlar uchun ham xosdir.

Meʼyoriy bolalik regressiyasi turlari



Bolalarda namoyon boʻladigan normal regressiyaning quyidagi turlari mavjud:

Shuningdek koʻring:




Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz