Registon maydoni
Registon maydoni yoki
Registan – Oʻzbekistonda, Samarqandning Registon maydonida joylashgan 3 ta madrasadan (Ulugʻbek, Tillakori, Sherdor) tashkil topgan meʼmoriy majmua.
Tarixi
Dastlabki 1417–1420-yillarda Ulugʻbek madrasasi bunyod etilib, keyinchalik qarshisiga – maydonning sharqiy qismida Ulugʻbek xonaqosi (1424-yil), shimoliy qismiga Mirzoyi karvonsaroyi, janubiga Alika Koʻkaldosh juma masjidi (1430-yil) bunyod etilgan, yonida esa yogʻochdan xotamkori uslubida Masjidi Muqatta va Abusaid madrasasi qurilgan. 1420–1440-yillarida Registon hashamatli meʼmoriy ansamblga aylangan. XVII asrda Samarqand hokimi Yalangtoʻsh Bahodir vayrona holatdagi Ulugʻbek xonaqosi oʻrniga Sherdor madrasasini (1619–1635/36), Mirzoyi karvonsaroyi oʻrniga Tillakori masjidini (1646/47–1659/60) qurdirgan. Registon maydoni oʻzining rang-barang koshinkori bezaklari; naqshinkori peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan Markaziy Osiyo meʼmorchligining noyob yodgorligi hisoblanadi.
Qadimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi Registon maydoni boʻlib, bu yerda uchta madrasa qad koʻtargan: Ulugʻbek, Sherdor va Tillakori madrasalari. Registon – qadimiy ilm, taʼlim muassasalari joylashgan joy boʻlib, sharqdagi shahar qurilishi sanʼatining eng koʻzga koʻrinarli namunalaridan biri hisoblanadi. U haqda Temuriylar faxr bilan: „Kim bizning kuch-qudratimizga shubha qilsa, kelib biz qurgan binolarni koʻrsin“, deganlar. 2001-yilda bu uch madrasa UNESCOning butun dunyo yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan.
Registon maydoni- tarixda shaharning ilm-fan, siyosat va diniy markazi boʻlgan. „Registon“ soʻzi „qumloq joy“ degan maʼnoni anglatadi. Oʻrta asrlarda hamma katta shaharlarda markazlar „Registon“ deb atalar edi. Shu nomdagi maydonlar Buxoro, Shahrisabz va Toshkentda ham boʻlgan. Samarqanddagi maydon esa Markaziy Osiyodagi eng mahobatli va tahsinga sazovor maydonlardan biri edi. Bu maydonda bir necha ming yillik tarix mujassam. Amir Temur hukmronligi davrida Registon Samarqandning markaziga aylantirildi. Ulugʻbek davrida esa maydon bundan ham muhimroq ahamiyatga ega boʻldi. Zamonaviy Registon ansambli oʻzida Ulugʻbek, Sherdor va Tillakori madrasalarini mujassam etadi.
Registonning janubiy tomonida xalq orasida „Childuxtaron“ deb atalmish xonaqoh va maqbaralar joylashgan edi. Ularni Koʻchkunchixon qurdirgan edi va Tillakori madrasasiga qoʻsh qilib bunyod etilgan edi. U 1904-yilgi zilziladan soʻng xarobaga aylanib, 1910-yili butunlay buzilgan va oʻrni maydon boʻlib qolgan. 100 yil orasida oxirgi koʻrinishini olgan bu Registonni koʻrish ishtiyoqida butun dunyodan sayyohlar tashrif buyurishadi.
Ulugʻbek madrasasi
Ulugʻbek madrasasi Registon maydonidagi eng qadimgi madrasa boʻlib, 1417–1420-yillarda Temuriylar davlati hukmdori, astronom Mirzo Ulugʻbek tomonidan qurilgan. Bu inshootning, biroz keyinroq rasadxonaning qurilishi Samarqandga oʻrta asrda Sharqning asosiy ilm-fan markazlaridan birining shuhratini keltirdi.
Madrasa Registon maydonining gʻarbiy qismida qurilgan, uning roʻparasida bir necha yildan soʻng Ulugʻbek xonaqohi qad koʻtargan, shimoliy tomonini karvonsaroy egallagan. Oxirgi ikki bino ikki asrga yaqin turdi, soʻngra ularning oʻrnida XVII asr boshlarida Sherdor madrasasi va Tillakori madrasasi qurilib, bugungi kungacha saqlanib qolgan.
Sherdor madrasasi
Sherdor madrasasi Ulugʻbek madrasasi qarshisidagi maydonning sharqiy qismida 1424-yilda barpo etilgan Ulugʻbek xonaqohi oʻrnida qurilgan. XVII asr boshlariga kelib xonaqoh ham maydondagi boshqa binolar qatori eskirib, yaroqsiz holga kelgan. Samarqanddagi oʻzbek hukmdori Yalangtoʻsh Bahodirning buyrugʻi bilan Sherdor va Tillakori madrasalari qurilishi boshlandi. Sherdor madrasasi (yoʻlbarsli madrasa, „Arslonlar maskani“) Abdul-Jabbor ismli meʼmor, bezak ustasi Muhammad Abbos tomonidan qurilgan.
Tillakori madrasasi
Tillakori madrasasi maydonning shimoliy qismida Sherdor madrasasidan oʻn yil oʻtib, karvonsaroy oʻrnida 1420-yillardan buyon qad rostlagan. Binoning asosiy jabhasi, rejadagi kvadrat, nosimmetrik boʻlib, markaziy portal va ikki pogʻonali old qanotlardan iborat boʻlib, kamarli boʻshliqlar va burchak minoralari mavjud. Keng hovli perimetri boʻylab kichik turar-joy hujralari va xonalar bilan qoplangan. Hovlining gʻarbiy tomonida ustunlar ustidagi ikkita qoʻshni galereyasi boʻlgan gumbazli masjid binosi joylashgan.
Madrasa binosi geometrik va gulli naqshli mozaika va mayolika bilan bezatilgan. Ichki bezakda zardoʻzlik koʻp ishlatilgan. Madrasa nomi „oltin bilan bezatilgan“ degan maʼnoni beradi. Masjiddagi mehrob va minbar zarhallangan, devorlari va qabrlari yuzasi oltindan koʻp foydalanilgan kundal rasm bilan qoplangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Registon maydoni O‘zbekistondagi Samarqand shahrining eng mashhur va tarixiy joylaridan biridir. Bu maydon Markaziy Osiyoning eng buyuk me’moriy yodgorliklaridan biri hisoblanadi va butun dunyoga mashhurdir. Registon so‘zi arab tilidan kelib chiqqan bo‘lib, “qum maydoni” degan ma’noni anglatadi.
Registon maydoni uchta ulkan madrasa binosi bilan o‘ralgan: Ulug‘bek madrasasi, Sherdor madrasasi va Tillakori madrasasi. Ushbu madrasa binolari 15-17-asrlarda qurilgan va har biri noyob arxitektura, mozaika va haykaltaroshlik asarlari bilan mashhur.
-
Ulug‘bek madrasasi – 1417-1420 yillarda buyuk olim va hukmdor Ulug‘bek tomonidan qurilgan. Bu madrasada astronomiya, matematika, falsafa va boshqa fanlar o‘qitilgan. Ulug‘bek o‘z zamonasining eng ilg‘or ilm-fan arbobi bo‘lgan.
-
Sherdor madrasasi – 1619-1636 yillarda qurilgan. Bu madrasa o‘zining hayvonlar va quyosh tasvirlari bilan bezatilgan fasadi bilan tanilgan. Sherdor so‘zi “sherli” degan ma’noni bildiradi.
-
Tillakori madrasasi – 1646-1660 yillarda qurilgan. Uning nomi “oltin bezakli” degan ma’noni anglatadi, chunki uning binosi oltin rangli bezaklar bilan qoplangan.
Registon maydoni o‘zining tarixiy ahamiyati bilan bir qatorda, Samarqand shahrining madaniy va sayyohlik markazi hisoblanadi. Bu yerda ko‘plab madaniy tadbirlar, konsertlar va festivalar o‘tkaziladi. Registon maydoni 2001 yilda YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Umuman olganda, Registon maydoni nafaqat O‘zbekiston balki butun Markaziy Osiyo tarixiy va madaniy merosining ajralmas qismidir. Bu joyga kelgan har bir sayyoh yillar davomida yaratilgan noyob me’moriy go‘zallik va tarixiy voqealar guvohi bo‘ladi.