Regina Pokorná




Regina Theissl Pokorná (née Pokorná ; 1982-yil 18-yanvarda tugʻilgan) — slovak — avstriyalik ayol shaxmatchi, ayol grossmeyster (WGM) unvoniga ega.

Shaxmatdagi faoliyati



Pokornani grossmeyster Yan Plachetka tayyorlagan. Pokorna 1992-yilda 10 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan. Shuningdek, U 1996, 1997 va 1999-yillarda 18 yoshgacha boʻlgan Slovakiya qizlari chempionligini qoʻlga kiritgan. Bundan tashqari, 1999-yilda Gretsiyaning Patras shahrida shaxmat boʻyicha oʻsmir qizlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ham gʻoliblik shoxsupasiga koʻtarildi. 2000-yilda u FIDEda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogida ishtirok etdi.

Pokorna 1998-yildan 2012-yilgacha ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan sakkizta shaxmat Olimpiadasida Slovakiya shaʼnini himoya qilgan. Uning eng yaxshi natijasi 2006-yilda Turinda boʻlib oʻtgan 37-shaxmat Olimpiadasida boʻlib, u yerda 7/10 ball toʻpladi va 3-taxta oʻyinchilari orasida sakkizinchi oʻrinni egalladi.

Regina 1997-yildan 2001-yilgacha Ayollar oʻrtasidagi uchta Yevropa jamoaviy shaxmat chempionatida Slovakiya sharafini himoya qilgan va 1999-yilda Batumida jamoaviy oltin medal va shaxsiy bronza medalini qoʻlga kiritgan.

2009-yilda Pokorna ayollar shaxmati boʻyicha Slovakiya chempionatida gʻolib boʻldi. Shuningdek, u kuchli ayollar shaxmat turnirlarida, jumladan, 2001, 2002, 2005 va 2009-yillarda Riyekadagi Oʻrta yer dengizi gullari turnirlarida, Jakartada 2007-yilda oʻtkazilgan EWS kubogida, muvaffaqiyatli ishtirok etib gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. U yana 2008-yilgi Vrbnikdagi Oltin orol turnirida ham ishtirok etgan.

2015-yilda u Avstriya nufuzini himoya qilish uchun oʻz federatsiyasini alishtirdi.

Shaxsiy hayoti



Uning singlisi Renata Pokorna ham FIDE reytingida shaxmatchi hisoblanadi.

Uning surati 2010-yilda Chadda chiqarilgan „Shaxmat ustalari“ deb nomlangan yetakchi ayol shaxmatchilar tasvirlangan toʻrtta pochta markasi varagʻida foydalanilgan.

Mashhur oʻyinlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz