Regeneratsiya




Regeneratsiya (lotincha: regeneratio qayta tiklanish) (biologiyada) — organizmning yoʻqotgan yoki jarohatlangan organlar va toʻqimalarni tiklash xususiyati, shuningdek, uning ayrim qismlaridan bir butun organizmning tiklanishi (somatik embriogenez, vegetativ koʻpayish). Regeneratsiya terminini fransuz tabiatshunosi R.Reomyur 1712-yilda fanga kiritgan.

Odam va hayvonlarda regeneratsiya reparativ (olib tashlangan yoki nobud boʻlgan tuzilmalar oʻrniga yangisining hosil bo'lishi) va fiziologik (qarigan toʻqimalar o'rniga yangisining hosil boʻlishi) boʻladi. Fiziologik regeneratsiya koʻproq uchraydi (masalan, sut emizuvchilarda qon va ayrim epiteliy hujayralarining yangilanib turishi).

Hayvonlardagi regeneratsiya turlari



Regeneratsiya turli hayvonlarda turlicha rivojlangan. Koʻpchilik tuban umurtqasiz hayvonlar (gʻovak tanlilar, boʻshliqichlilar)da tananing kichik parchasidan yaxlit organizm rivojlanishi mumkin. Tuban umurtqalilar (suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar), shuningdek, bir qancha yuksak umurtqasizlar (halqali chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, ignaterililar)da koʻz qismlari, dum, ichak va toʻqimalar, odam va sut emizuvchilarda esa faqat ayrim toʻqimalar tiklanadi. Sharoit oʻzgarganida geteromorfoz kelib chiqishi mumkin. Regeneratsiya mexanizmlarini hujayraviy manbalar, hujayralararo va toʻqimalararo taʼsirlar, gormonlar va biologik faol moddalar taʼsiri, nerv va immun sistemalari, shuningdek, genetik omillar orqali tushuntirish mumkin. Har xil organlar va toʻqimalar regeneratsiyasida kam ixtisoslashgan (koʻpchilik hayvonlarda) va ixtisoslashgan (tuban umurtqalilarda) hujayralar ishtirok etadi. Masalan, odam va hayvonlarda suyak toʻqimasi regeneratsiyasi osteogen (suyak hosil qiluvchi), muskul toʻqimasi regeneratsiyasi yoʻldosh (satellit) hujayralar bilan bogʻliq. Organizmning yoshi, moddalar almashinuvining intensivligi, endokrin va nerv sistemasi holati, kasalliklar regeneratsiyani kuchaytirishi yoki sekinlashtirishi tufayli patologik regenratsiya roʻy berishi mumkin. Bunda jarohat uzoq vaqt bitmaydi.

Oʻsimliklardagi regenratsiya turlari



Oʻsimliklarda regenratsiya yoʻqotilgan qismining oʻrnida (poyaning jarohatlangan joyi gʻudda (kallyus) bilan qoplanadi) yoki boshqa joyda kuzatilishi mumkin. Masalan uchki novda kesilganida yon novdalarning oʻsishi tezlashadi, kuzda toʻkilgan barglar oʻrniga bahorda yangi barglar hosil boʻladi. Lekin koʻpincha regeneratsiya biron kuch taʼsirida uzib olingan qismning tiklanishi tarzida tushuniladi.

Tabiatda ildiz, ildizmeva, poya, barg bachkilari, alohidalangan hujayralar, protoplastlar, ayrim suvoʻtlarda koʻp yadroli protoplazmasining ayrim qismlari regeneratsiyasi keng tarqalgan. regeneratsiyaning yoʻqotilgan organlarning qayta tiklanishi va vegetativ koʻpayishiga biologik moslanish sifati oʻsimlikshunoslikda, bogʻdorchilik, oʻrmonchilik va gulchilikda katta ahamiyatga ega.


Manbalar






uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Regeneratsiya haqida batafsil ma’lumot

Regeneratsiya — bu organizm yoki uning ayrim to‘qimalari, hujayralari, shikastlangan yoki yo‘qolgan qismlarni qayta tiklash, yangilash jarayoni. Bu tabiiy biologik hodisa bo‘lib, ko‘plab tirik organizmlarda uchraydi va ular uchun muhim ahamiyatga ega. Regeneratsiya tirik organizmlarning yashash qobiliyatini saqlash, sog‘lomligini tiklash va ko‘payishga yordam beradi.

Regeneratsiyaning turlari

  1. To‘liq regeneratsiya — bu butun organ yoki a’zo to‘liq tiklanadigan jarayon. Masalan, zamburug‘larda va ba’zi dengiz hayvonlarida butun tana qismlari yangilanishi mumkin.
  2. Qisman regeneratsiya — bu faqat shikastlangan yoki yo‘qolgan to‘qimalarning qismlarining tiklanishi. Masalan, odam terisidagi yaralar, o‘pka yoki jigar to‘qimalaridagi tiklanish.
  3. Fiziologik regeneratsiya — kundalik faoliyat davomida o‘limga uchraydigan hujayralarning almashtirilishi. Masalan, terining yuqori qatlamidagi hujayralar doimiy yangilanib turadi.
  4. Reparativ regeneratsiya — jarohatlar yoki kasalliklardan so‘ng yuz beradigan tiklanish. Bu jarayon jarohat yoki infektsiya natijasida paydo bo‘lgan shikastlarni davolashga xizmat qiladi.

Regeneratsiyaning biologik asoslari

Regeneratsiya jarayoni hujayralar darajasida boshlanadi. Shikastlangan qismda hujayralar ko‘payish imkoniyatiga ega bo‘lib, o‘sish omillari ta’sirida yangi hujayralar sintez qilinadi. Ular o‘zaro bog‘lanib, yangi to‘qima yoki organ hosil qiladi. Bu jarayonda mexanizmlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Regeneratsiyaning namunalari

Regeneratsiyaning ahamiyati

Xulosa

Regeneratsiya - hayotning o‘ta muhim, murakkab va qiziqarli biologik jarayonidir. U orqali organizmlar o‘z shikastlanishlarini tiklab, hayot faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin. Zamonaviy biologiya va tibbiyotda regeneratsiyani o‘rganish yangi davolash va sog‘lomlashtirish usullarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Agar sizda regeneratsiyaning ma’lum bir turi yoki jarayoni bo‘yicha savollar bo‘lsa, bemalol so‘rashingiz mumkin!



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz