Refik Halit Karay
Refik Xalid Karay — Turk yozuvchisi. U 1888-yil 15-martda Turkiyaning Istanbul viloyatida tugʻilgan.
Hayoti
Refik Halid Karayning otasi Mehmet Xolid Bey Bolu Mudurnudan Istanbulga koʻchib oʻtgan Karakayishlar oilasiga bosh hisobchisi boʻlib ishlagan.
Konstitutsiyaviylik ning eʼlonidan keyin u jurnalistika bilan shugʻullana boshlagan. 1909- yilda ''Tarjumon-i Haqiqat'' gazetasida tarjimon va muxbir boʻlib ishlagan.
Undan soʻng Fejriati jamoasiga qoʻshiladi va „Kirpi“ imzosi bilan " Kalem " jurnaliga maqolalar yoza boshladi.
Maqolalari tufayli 1913-yilda Sinopga surgun qilingan. Keyinchalik Chorum, Anqara va Bilejikga yuborildi . Istanbulga qaytgach, bir muddat Robert kollejida turk tili o‘qituvchisi bo‘lib ishladi, undan keyin Pochta-telegramma bosh boshqarmasida faoliyat yuritadi. Hurriyet va Itilaf Firkasi aʼzosi bo`lganidan so`ng „Aydede“ siyosiy hazil jurnalini nashr eta boshlaydi.
Mustaqillik urushi(turk. Istiklal savashi)ga qarshi yozgan maqolalari tufayli xiyonatda ayblanadi va Yuzelliliklar (qora roʻyhat)ga kiritiladi. U uzoq vaqt xorijda, Bayrut va Halabda surgunda yashaydi. Mustafo Kamol Otaturkga yozgan sheʼrlari va maktublari bilan Yuzelliliklar roʻyxatidagilarning kechirilishida muhim rol oʻynadi. 16 yillik surgunlikdan keyin 1938-yilning iyulida Turkiyaga qaytib keladi. 1948-yilda yana "Aydede" jurnalini chiqarishni boshladi.
1965-yil 18-iyulda Istanbulda vafot etgan va Karay Zinjirlikuyu qabristoniga dafn qilindi.
Turk adabiyotidagi oʻrni
Refik Xolid turk adabiyotida ilk bor Onadoʻlini tanitgan asarlari bilan nom qozongan, satirik va hajviy asarlari bilan mashhur boʻlgan. U mushohadalarga asoslangan asarlarida sodda, ravon tili, taʼrif, portret va o‘xshatishlardan foydalanishdagi mahorati bilan 20-asr romanchilari orasida alohida o‘rin tutadi.
Seyit Kamol Karaaliogʻlu uni shunday tasvirlaydi: Refik Halit Karay U „Yangi til“ harakatida muhim o‘rin tutgan, so‘zlashuv tilini o‘z asarlarida katta mahorat bilan qo‘llagan yozuvchidir. Uning hikoya va romanlarida rang-baranglik, mushohada boyligi alohida ajralib turadi.
Asarlari
Roman Hikoyalari Hazilari
Manbalar
uz.wikipedia.org