Reece Scarlett




Reece Scarlett (talaffuzi: Ris Skarlet) (1993-yil 31-martda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkey himoyachisi. Reece Scarlett hozirda Kontinental xokkey ligasining (KHL) „Dinamo Riga“ xokkey jamoasida oʻynaydi. Reece Scarlett dastlab „New Jersey Devils“ xokkey klubi safiga 2011-yilgi NHL kirish loyihasida 159-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan edi.

Oʻyin faoliyati



Reece Scarlett yoshligida „Sherwood Park Kings“ xokkey klubi safida tarbiyalangan. Keyinchalik, Reece Scarlett „Swift Current Broncos“ xokkey klubi bilan shartnoma imzolagan.

„Swift Current Broncos“ xokkey klubi safida ikki mavsum oʻynagnidan soʻng, Reece Scarlett 2011-yilgi NHL kirish loyihasida „New Jersey Devils“ xokkey klubi safiga 159-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.

2012-yil 7-sentyabrda Reece Scarlett „New Jersey Devils“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnomaga imzo chekdi. Reece Scarlett klub safida 67 oʻyinda maydonga tushib, 49 ochko (9 gol va 40 golli uzatma) toʻplashga muvaffaq boʻldi.

Shundan soʻng, Reece Scarlett „New Jersey Devils“ xokkey klubining AHL filiali „Albany Devils“ xokkey klubi safiga yuborildi. Cheklangan erkin agent sifatida Reece Scarlett 2016-yil 18-iyulda „New Jersey Devils“ xokkey klubi bilan bir yillik yangi shartnoma imzoladi. 2017-yil 1-martda Scarlett Shane Harper evaziga klub tomonidan „Florida Panthers“ klubiga almashtirildi. Shundan soʻng, Reece Scarlett klubning AHL filiali „Springfield Thunderbirds“ xokkey jamoasi safiga tayinlandi.

2017-yilning 1-iyulida Reece Scarlett „Florida Panthers“ klubi safida qolish uchun bir yillik ikki tomonlama shartnomaga rozi boʻldi. „Florida Panters“ xokkey klubi bilan oʻzining birinchi mashgʻulot yigʻinida qatnashganidan soʻng, Reece Scarlett 2017-yil 25-sentyabrda klubning AHL filialiga qayta tayinlandi.

AHLda yetti mavsum o‘ynagan va NHLga chiqa olmagan Reece Scarlett Shimoliy Amerikani erkin agent sifatida tark etib, 2020-yil 23-avgustda bir yillik shartnoma asosida Latviyaning KHL jamoasi „Dinamo Riga“ xokkey klubi safiga qo‘shildi.

Faoliyat statistikasi



Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari




Xalqaro




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz