Redutsentlar




Redutsentlar (lot. reducens — qaytayotgan, qayta tiklanayotgan), destruktorlar — ulik organik moddalar bilan ozikdanib, uni minerallashtiradigan (destruktor) organizmlar. R. organik moddalarni parchalab, produtsentlar oʻzlashtira oladigan oddiy anorganik birikmalargacha olib keladi. R.ga saprotrof bakteriyalar, zamburugʻlar va bir qancha hayvonlar (yomgʻir chuvalchanglari, saprotrof hasharotlar, oʻlimtikxoʻr hayvonlar) kiradi. Quruqlik ekosistemalarida organik qoldiklarning parchalanishida tuproq hayvonlari (yomgʻir chuvalchanglari, hasharotlar va ularning lichinkalari), bakteriyalar va zamburugʻlar katta ahamiyatga ega. R. yordamida oʻrmonlar tuprogʻida har yili hosil boʻladigan oʻsimlik qoldiklarining 90% ga yaqin qismi oʻzlashtiriladi. Suv ekosistemasida R. funksiyasini plankton hayvonlar bajaradi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz