Redmi 7A




Xiaomi Redmi 7A kichikroq hajmli, bitta qo'l bilan ishlatish qulay smartfon bo'lib o'rtacha foydalanuchi uchun yetalicha funksiyalarga ega, arzon klasdagi smartfon. Xiaomi kompaniyasi tomonidan loyihalangan, 2019-yilda namoyish qilinib, shu yili sotuvga chiqarilgan. Dunyo bo'ylab to'rt xil rangda ishlab chiqarilgan qora, ko'k, jilolanuchi ko'k, jilolanuvchi qizil. Face ID funksiyasi mavjud. Operatsion sistemasi MIUI bo'lib Androidga asoslangan va oxirgi yangilanish Android 10 QKQ1.191014.001 va MIUI Global 12.5.2.0(QCMMIXM). Tezkor xotira 2GB va doimiy xotira 2 versiyada 16 GB va 32 GB. Quloqchinlar uchun AUX port mavjud.USB type-B orqali ulaniladi. Ikkita nano-SIM va tashqi flesh xotira uchun joy mavjud. NFC ulanishini mavjud emas. WIFI, GPS, Bluetooth, radio, 4G/3G/2G to'lqinlari bilan ishlay oladi.

Texnik xususiyatlari[2]




Manba




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz