Redmi




Redmi – Xitoyning Xiaomi elektronika kompaniyasiga tegishli sub-brend. U byudjetli smartfon tarmogʻi sifatida Xiaomi tomonidan 2013-yil iyul oyida taqdim etildi. 2019-yilga kelib Xiaomiʼning alohida sub-brendiga aylandi, u oʻrta darajali va sifati nisbatan past qurilmalarni oʻz ichiga oladi, Xiaomiʼning oʻzi esa yuqori darajadagi flagmani Mi turkumidagi qurilmalarga eʼtibor qaratadi. Redmi telefonlari Androidning oʻzgartirilgan varianti MIUI foydalanuvchi interfeysidan foydalanadi. Modellarni odatda 6" gacha bo'lgan displeyli sifati pastroq Redmi telefonlariga va 5" dan kattaroq displeyli Redmi Note seriyasining oʻrta va yuqori darajali qurilmalarga ajratish mumkin. Redmi A seriyali va Redmi Go seriyalari Osiyo va Evropaning bir qator mamlakatlari uchun ishlab chiqarilgan. Boshqa Xiaomi smartfonlaridan eng katta farq shundaki, ular arzonroq tarkibiy qismlardan foydalanadi va shuning uchun iqtisodiy jihatdan foydaliroq. 2014-yil avgust oyida The Wall Street Journal gazetasi 2014 yilining ikkinchi choragida Xiaomi Xitoyda smartfonlar etkazib berish reytingida 14 foiz bozor ulushiga ega ekanligini xabar qildi.

Xiaomi bir ozdan keyin Redmi Wear OS aqlli soatlarini ham ishga tushirishi mumkin. Redmiʼning bosh menenjeri Lu Vaybing bu haqda izoh bergan. Bu hodisa Redmiʼni aqlli soatlar sohasida yangi ishtirokchiga aylantiradi.

2013-yil



2013-yilda Redmi brendidagi birinchi telefon Xiaomi veb-sayti orqali sotuvga chiqarildi.

2014-yil



2014-yil 13 martda esa Veb-sayt orqali sotuvga qoʻyilgan smartfonlar Singapurda 8 daqiqa ichida sotilib boʻlindi.

2015-yil



Redmi Note 3 2015-yil 24-noyabrda sotuvga qoʻyilgan; Oldingi smartfonlardan farqli oʻlaroq, u microSD uyasiga ega emas edi. Unda Mediatek Helio X10 Octa-core 2.0 GHz ishlatiladi.  Oʻsha yilning oxirida chiqarilgan Snapdragon varianti Snapdragon 650ga asoslangan edi va microSD-ni qoʻllab-quvvatlardi.

2016-yil



Redmi Pro qurilmasi Redmi seriyasida Pro liniyasi paydo boʻlishiga sabab boʻldi

2016-yil noyabr oyida Xiaomi Redmi 4 nomli yangi byudjet telefonini chiqardi. U polikarbonat korpusga ega, ikki sim-kartani qoʻllab-quvvatlaydi va Android 6.0.1 Marshmallowga asoslangan MIUI 8 da ishlaydi. Redmi 4 5 dyumli 720x1280 pikselli displeyga ega, 1,4 GHz octa-core protsessorli va 2 Gb tezkor xotiraga ega.

2017-yil



2017-yil dekabr oyida Xiaomi Redmi 5 va 5 Plusʼni namoyish etdi. Ular Redmi seriyasida 18: 9 ekran nisbati bilan ishlab chiqarilgan birinchi telefonlardir.

2018-yil



2018-yil fevral oyida Xiaomi Redmi Note 5 va 5 Proni namoyish qildi. Ular Xiaomiʼdan yuzni aniqlash xususiyatiga ega boʻlgan birinchi telefonlar edi.

2018-yil may oyida Xiaomi Redmi S2ni namoyish qildi.

2018-yil iyun oyida Xiaomi Redmi 6, 6A va 6 Pro-ni namoyish qildi. Redmi 6 Pro-bu Redmi seriyasida iPhone X-ga oʻxshash va 19: 9 ekran nisbatida edi

2018-yil sentyabr oyida Xiaomi Redmi Note 6 Pro-ni namoyish qildi. Bu Redmi seriyasida birinchi boʻlib toʻrtta kamerali (oldingi ikki kamerali va orqa tomonidagi ikkita kamerali) smartfon edi

2019-yil



2019-yil 10-yanvar kuni Xiaomi Redmi Note 7 va Redmi Note 7 Pro-ni namoyish qildi. Redmi Note 7 va Redmi Note 7 Pro-Redmi seriyasida 48 megapikselli (orqa kamerasi) birinchi telefonlardir.

Shu yilda Redmi Xiaomiʼdan ajralib chiqib alohida sub-brendga aylandi.

Redmi K20 va Redmi K20 Pro (shuningdek, Mi 9T sifatida ham sotiladi) bilan Redmi kompaniyasi flagman bozoriga hujumi qildi. Shuning uchun ham bu smartfon "Flagmanlar qotili" deb ham nomlandi

Qurulmalar roʻyxati



Agar qurilma bir nechta nomga ega boʻlsa, roʻyxat xitoycha nomlar boʻyicha tuziladi.

Redmi




Redmi K seriyasi




Redmi Note




Manbalar




}}

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz