“REDISON SAS XOUTEL TASHKENT”



“REDISON SAS XOUTEL TASHKENT” (inglizcha — “Redison sas Toshkent mehmonxonasi”) — 4 yulduzli mehmonxona; Toshkent shahridagi Amir Temur ko’chasi (“Bodomzor” metro stantsiyasi yoni)da 2003 yil bunyod etilgan (bosh me’mori A.To’xtayev; “Aysel” firmasi). Mehmonxonada barcha qulayliklarga ega 110 xona mavjud: 85 ta “biznes-klass”, 18 ta 2 o’rinli yarim lyuks va 7 ta lyuks. 6 qavatli bino zamonaviy va tabiiy qurilish materiallaridan qurilgan, o’ziga xos badiiy me’moriy echimga ega. Hovlisida favvora va suv havzasi mavjud. Mehmonxonada 50-400 o’rinli 3 xil ko’rinishdagi konferentsiya zali, “Bosfor” restorani va 3 ta (“Piano”, “Akva” va kokteyl) bar, biznes-markaz, sog’lomlashtirish markazi (sauna va ochiq basseyn bilan). Ko’p funktsiyali Xoll, shuningdek, ofis va xizmat xonalari mavjud.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz