RedHack




RedHack  — 1997-yilda tashkil etilgan turk marksist-leninchi xakerlari guruhi. Guruh Oliy Taʼlim Kengashi, Turkiya politsiya kuchlari, Turkiya armiyasi, T.K. Telekom va Milliy razvedka tashkiloti kabi muassasalarning veb-saytlarini buzish uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan. Guruhning asosiy aʼzoligi oʻn ikki kishidan iborat deya takidlanadi. RedHack terroristik tashkilot sifatida ayblangan ilk xakerlar guruhidir va hozirda dunyodagi qiriduvdagi xakerlar guruhlaridan biridir.

2012-yilgacha




2012-yil




2013-yil




Hibsga olishlar



2012-yil 23-mart: Anqara Bosh prokurorining RedHack’ga qarshi oʻtkazgan operatsiyasi natijasida 17 kishidan yetti nafari hibsga olinadi. Guruh oʻz bayonotida hibsga olinganlarning guruh bilan aloqasi yoʻqligini daʻvo qilgan.

2012-yil 5-iyulda: Respublika bosh prokurori RedHackni „qurolli separatistik terrorchi tashkilot“ sifatida baholash uchun ariza beradi.

2012-yil 8-oktabrda: 5-iyuldagi ariza qabul qilinadi va prokuror ayblanuvchilar uchun taxminan 8,5 yildan 24 yilgacha jazo qoʻllanishi soʻrab murojaat qiladi. Hibsga olingan yetti kishidan toʻrt nafari qoʻyib yuborilganidan keyin ham 3 nafar talaba hibsda qoladi. Ish 2012-yil 26-noyabriga qoldiriladi.

2012-yil 26-noyabr: Guruh aʼzoligi boʻyicha ayblangan uch talaba ozodlikka chiqariladi. Sud ishni 2013-yil 26-fevralga qoldiriladi.

2013-yil 26-fevralda: Sud ishni 2013-yil 3-iyunga qoldirishga qaror qiladi. Bunga bosh sudyaning "ishning IT qismi uchun zarur boʻlgan mutaxassislarni" qidirayotgani sabab boʻladi.

2013-yil 9-mayda: Anqara Bosh prokurorining oʻrinbosari Terrorizmga qarshi qonunga muvofiq RedHack harakatlari „zoʻravonlik bilan bogʻliq emas“ va yurisdiktsiyaning yoʻqligi sababli Bosh prokuror ishni Kiber jinoyatlar boʻyicha tergov boʻlimiga topshiradi.

2013-yil 25-may: Guruh tomonidan 11-may kuni Reyhanli portlashlariga Turkiya hukumatining beparvoligini isbotlovchi maxfiy hujjatlar oshkor qilinganidan soʻng, oʻsha paytda Amasiya qoʻmondonligida xizmat qilgan oddiy askar Utku Kali hibsga olindi. Kali xakerlar guruhining aʼzosi ekanligini va hujjatlarni oshkor qilganini rad etganidan soʻng, u qoʻyib yuboriladi.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz