Red Notice
Qizil ogohlantirish (inglizcha:
Red Notice ) 2021-yilda katta ekranlarga chiqqan hamda Rawson Marshall Thurber tomonidan suratga olingan jangari va komedik janrdagi AQSh filmidir. Filmda bosh qahramonlarni Dwayne Johnson, Ryan Reynolds va Gal Gadot jonlantirishgan. Bu film Thurber va Johnson oʻrtasidagi Central Intelligence (2016) va Skyscraper (2018) filmlaridan keyin uchinchi birgaliklikda olingan filmdir.
Filmni dastlab Universal Pictures tomonidan 2019-yilning 8-iyulida chiqarish rejalashtirilgandi, biroq 2019-yilning 8-iyulda Netflix filmni tarqatish huquqini sotib oldi. 2021-yilning 5-noyabridan kinoteatrlarda namoyish etildi. Film tanqidchilar tomonidan salbiy qarshilandi.
Mazmuni
Interpol tomonidan chiqarilgan „qizil bildirgi“ jahon miqyosida qidiruvda boʻlganlarni qoʻlga olish uchun global ogohlantirishdir. FQBning eng yaxshi josusi boʻlmish John Hartley (Johnson) Sarah Black (Gadot) tomonidan amalga oshirilishi kutilayotgan oʻgʻrilikni oldini olish va uni qoʻlga tushirish uchun oʻgʻri Nolan Booth (Reynolds) bilan istar-istamas birlashadi.
Rollarda
Musiqasi
2020-yilning 26-fevralida Steve Jablonsky Qizil ogohlantirish filmida bastakor boʻlishini eʼlon qildi. Jablonsky bungacha rejissor Rawson Marshall Thurber bilan Skyscraper (2018) filmida birga ishlagan.
Reaksiya
Kassa yigʻimi
Netflix tarqatgan filmlarining umumiy kassa yigʻimlari haqida hisobot bermasa-da, sanoat insayderlari Qizil ogohlantirish filmi prokatdagi ilk haftasida $2 million ishlab topganligini taxmin qiladi (kartina 750 ta kinoteatrda namoyish etilgan).
Tanqid
Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Red Notice haqida 63 ta maqola yigʻilib, ulardan 43 foizi filmni ijobiy baholaydi (oʻrtacha reytingi 4.9/10).
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org