Red (albom)
Red (tarjimasi „Qizil“) amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Taylor Swiftning toʻrtinchi studiyaviy albomidir. 2012-yilning 22-oktyabrida Big Machine Records leyblida eʼlon qilingan. Albom chiqarilgan birinchi haftada AQShda 1,2 milliondan ortiq nusxa sotilgan, bu soʻnggi oʻn yildagi eng yuqori savdo koʻrsatkichidir. Red Billboard 200 xit-paradida birinchi pogʻonagacha koʻtarildi. Billboard Top Country Albums xit-paradida 16 hafta davomida birinchi pogʻonani egallab turdi. Albom Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Irlandiya va Yangi Zelandiya xit-paradlarda ham birinchi oʻrinni egalladi. Rolling Stone jurnali uni tarixdagi 500 ta eng buyuk albom roʻyxatiga kiritdi. 2021-yil iyun oyi holatiga koʻra, Red AQShning oʻzida 7,5 milliondan ortiq nusxada sotilgan.
Albomning nomi va muqovasi xonanda tomonidan 2012-yil 13-avgustda „We Are Never Ever Getting Back Together“ singli premyerasi kuni rasman taqdim etildi. Keyingi toʻrtta promo-singl albom chiqqanidan keyin bir oy ichida chiqarildi, ulardan uchtasi Billboard Hot 100 xit-paradining birinchi oʻntaligiga kirdi. Albom 16 ta trekni oʻz ichiga oladi (bonus-materiallardan tashqari).
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org