Rebekka Aleksandr
Rebecca Ann Alexander (1979-yil 4-fevralda tugʻilgan) — amerikalik psixoterapevt va yozuvchi. Usher sindromi tufayli koʻr boʻlib qolgan Alexander 2014-yilda koʻrish qobiliyati yomonlashgani, shuningdek, Kilimanjaro togʻi choʻqqisiga chiqish kabi ekstremal sportchi sifatida erishgan jasoratlari haqida esdalik yozgan. U 2016-yilda Amerika koʻzi ojizlar jamgʻarmasi tomonidan Helen Keller mukofotiga sazovor boʻlgan.
Yoshligi va taʼlimi
Rebecca Ann Alexander 1979-yilning 4-fevralda Kaliforniyaning Oakland shahrida yahudiylar oilasi hisoblanmish Terry Pink Alexander va advokat David Alexanderning oilasida tug‘ilgan Uning ikki nafar akasi bor. Ularning biri Daniel boʻlsa, boshqasi Peter Alexander (jurnalist; NBC News va Oq uy muxbiri).
Alexanderga oʻn ikki yoshida retinit pigmentozasi — koʻrish qobiliyatini yoʻqotish tashxisi qoʻyilgan. U maktabda futbol sport turi boʻyicha Makkabiylar oʻyinlarida qatnashgan. Shuningdek, Oaklandda boʻlib oʻtgan Temple Sinai turnirida qatnashgan. Oʻn sakkiz yoshida, ikkinchi qavat derazasidan yiqilib, bir necha oy davomida reabilitatsiyaga olingan. Ushbu voqea ortidan uning kollejga kirishini bir qancha muddatga kechiktirilgan. Alexande kollejda oʻqishni boshlaganida tinnitus kasalligini boshdan kechira boshlaydi. Yigirma yoshida unga doktorlar tomonidan Usher sindromining III tur tashxisi qoʻyiladi.
Alexander Michigan universitetida bakalavr darajasini va Kolumbiya universitetida ijtimoiy mehnat va sogʻliqni saqlash sohasi boʻyicha ikki marotaba magistrlik darajasini qoʻlga kiritgan.
Hayoti
Alexanderning Not Fade Away: A Memoir of Senses Lost and Found (So‘nmas : Yo‘qolgan va topilgan hislar xotirasi) nomli xotira kitobi Sasha Alper bilan birgalikda yozilgan va 2014-yilda nashr etilgan. U oʻz kitobini targʻib qilish uchun Today, Morning Joe va boshqa shoularda koʻrinish beradi. 2019-yilda Lindsey Ferrentino (ssenariy muallifi) John Krasinski (prodyuser), David O. Russell hamda Emily Blunt rol ijro etgan Not Fade Away nomli film suratga olinayotgani haqida xabar berilgan edi.
The New York Times gazetasidagi kitob sharhida Alexander qanday qilib marafonlarda hamda bir haftalik xayriya velosportlarida qatnashib, „oʻzini mashaqqatli jismoniy jasoratlarga undagani“ tasvirlangan. Uning sayohatlari orasida Inka izidan Machu Pikchugacha, Alkatraz orolidan San-Fransiskodagi suv parkigacha boʻlgan 1,5 milya sovuq okean suvida suzish va Kilimanjaro togʻiga chiqish kabilar mavjud. U, shuningdek, New Yorkdagi sport zalida spinning va yuqori intensiv mashgʻulotlardan dars beradi.
Alexander 2019-yilda Ali Stroker tomonidan kar va zaif eshituvchi odamlarning hikoyalarini yoritish uchun yaratilgan Silent No More (Endi jimlik yoʻq) sayyohlik spektaklining ijrochilaridan biri boʻlgan.
U bir nechta mukofotlarga sazovor boʻlgan, jumladan 2016-yilda Amerika Koʻzi ojizlar jamgʻarmasining Helen Keller mukofotiga, 2017-yilda Nogironlik huquqlari himoyachilari tomonidan Eagle mukofotiga va 2017-yilda Michigan Universitetining Bicentennial Alumni mukofoti kabi sovrinlarini qoʻlga kiritgan. 2018-yilda Usher sindromi haqida xabardorlikni oshirish maqsadida Boston Red Sox oʻyinida birinchi marta tantanali ravishda koʻrinish bergan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org