Rebecca Selkirk
Rebecca Joy Selkirk (1993-yilda tugʻilgan), janubiy afrikalik shaxmatchi. U hozircha shaxmatda ayol magistrlik unvonigagina ega, shuningdek gossmeysterka nomzodlardan ham biri hisoblanadi.
Faoliyat
Rebecca Selkirk 2019-yilda ayol magistrlik unvoniga sazovor boʻldi. U 2018-yilgi Shaxmat Olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan. 2022-yilgi Shaxmat Olimpiadasida 4/9 ball toʻplagan holda, Janubiy Afrika shaʼnini himoya qilgan.
Rebecca Selkirk 2021-yilgi onlayn shaxmat olimpiadasida Janubiy Afrika nufuzi uchun vakill boʻlish huquqini qoʻlga kiritdi. Biroq, u oʻziga berilgan taklifini rad etdi. Rebecca Selkirk oʻzini yetarlicha malakali deb hisoblamagani va ayrim musobaqalarda shaffoflikni toʻliq taʼminlanmaganligini sabab sifatida keltirib oʻtdi.
Striming va blog yuritishdagi faoliyati
2020-yil yanvar oyi oxirida Rebecca Selkirk janubiy afrikalik shaxmat boʻyicha ayollar chempioni, xalqaro ayol ustasi Jesse February bilan hamkorlikda Twitch striming platformasida
HashtagChess kanalini yoʻlga qoʻydi. Kanal 2022-yil iyul holatiga koʻra 14500 dan ortiq obunachilarni jalb etishga muvaffaq boʻldi.
2021-yil 1-oktabrda Jesse February oʻzining shaxsiy twitch akkauntida (Jesse_Feb) translatsiya qilish uchun HashtagChess-ni tark etishini eʼlon qildi. Buning natijasida, Rebecca Selkirk HashtagChess kanalining yagona egasi boʻlib qoladi. Boʻlinish doʻstona tarzda amalga oshdi, asosiy sabablar sifatida „turli martaba va kontent yaratish maqsadi“ borligi aytib oʻtildi.
Selkirk, shuningdek, oʻzining shaxsiy akkaunti ostida mashhur chess.com veb-saytiga muntazam ravishda oʻz bloglarni joylashtiradi.
Manbalar
uz.wikipedia.org