Rebecca Gayheart




Rebecca Gayheart (1971-yil 12-avgustda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa va model. Oʻz faoliyatini 1980-yillarda oʻsmirlik paytida model sifatida boshlagan. Keyinchalik, u bilan keng aloqada boʻlgan Brett Ratnerning talabalar haqidagi qisqa metrajli filmida suratga tushgan.

Yoshligi



Gayheart 1971-yilning 12-avgust sanasida Kentucky shtatining Hazard shahrida Mary Kayda goʻzallik boʻyicha mustaqil maslahatchi boʻlib faoliyat yuritgan Floneva „Flo“ Gayheart (qizlik familyasi: Slone) va konchi va koʻmir tashuvchi avtomobil haydovchi Curtis Gayheartlar oilasida tugʻilgan 4 nafar farzandni uchinchisi boʻlgan. Uning ikki nafar Elizabeth va Rachel ismlari opa-singlisi hamda Curtis Wayne Gayheart ismli ogʻasi bor.

Rebecca nemis, ingliz, shotland va shotland-irland millatiga mansub ayoldir. Aktrisa oʻzining yoshligini Kentucky shtatidagi Pine Top shahrida oʻtkazgan. Oʻrta maktabning birinchi yilida Lizzi Bordenning hayotini aks ettiruvchi sahna spektaklida rol oʻynagan.

Faoliyati



Gayheart oʻzining dastlabki filmlardagi rolini Brett Ratnerning New York universiteti qisqa metrajli filmi Whatever Happened to Mason Reese? (1990)da Mason Reese obrazini gavdalantirish orqali amalga oshirgan. U, shuningdek, Ratner tomonidan suratga olingan hamda Heavy D va Boyz tomonidan ijro etilgan Nuttin' But Love musiqiy videosida ham koʻrinish bergan.

2019-yilda Gayheart kinodagi faoliyatini davom ettirish uchun Quentin Tarantinoning Bir paytlar Hollywoodda filmida Bred Pitt tasvirlagan obrazning rafiqasi Billie Booth rolini oʻynadi.

Shaxsiy hayoti



Gayheart 1986-yilda New York shahriga koʻchib oʻtgan kuni Brett Ratner bilan tanishib qoladi hamda ikkalasi 13 yil davomida ishqiy munosabatlarini davom ettiradi. Aktirsa va Ratner 1997-yilda unashtirilgan edi, lekin er-xotin oxir-oqibat 1999-yilda ajralishdi.

Filmografiyasi



Filmlarda




Televizion rollari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz