Reabilitatsiya




Reabilitatsiya ( lot. rehabilitatio — tiklash) (tibbiyotda) — organizmning buzilgan funksiyasini va bemorlar hamda nogironlarning mehnat qobiliyatini tiklashga qaratilgan tibbiy, pedagogik va ijtimoiy chora-tadbirlar majmui. Ogʻir kasalliklar (miokard infarqti, insult, orqa miya shikastlanishlari, umurtqa pogʻonasi va boʻgʻimlarning shakli oʻzgarishi bilan kechadigan kasalliklari); markaziy nerv sistemasining jiddiy zararlanishlari, ruhiy kasalliklar va boshqalarga uchragan bemorlar R. ga koʻproq muhtoj boʻladilar.

Tibbiy R. kasallik tufayli funksiyasini yoʻqotgan aʼzo faoliyatini qisman yoki toʻliq tiklash yoki kasallangan sohadagi avj olayotgan jarayonning iloji boricha oldini olishga qaratiladi. R. boʻlimi bor kasalxonalar, ilmiy tadqiqot institutlari, mahalliy kurort va sanatoriylarda R.ni amalga oshirish har bir bemorning umumiy ahvolidan kelib chiqqan holda kasallikning shakli va kechishiga qarab belgilanadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz