Róbert Mak




Róbert Mak (Slovak pronunciation: [ˈrɔːbert ˈmak]; 1991-yil 8-martda tugʻilgan) — slovakiyalik professional futbolchi, Sydney FC va Slovakiya terma jamoasida winger sifatida oʻynaydi.

Klub faoliyati



Avvalgi faoliyati



Bratislavalik Mak mahalliy „Slovan Bratislava“ klubining yoshlar jamoasida futbol oʻynay boshlagan edi. 13 yoshida u Manchester City akademiyasiga qoʻshiladi. U yerda u vatandoshlari Vladimir Weiss va Filip Mentel bilan birga futbol oʻynaydi. U 17 yoshida „Manchester City“ zaxirasiga oʻtadi, ammo kattalar tarkibida hech qachon imkoniyatga ega boʻlmaydi. U 2007-2008-yillardagi yoshlar oʻrtasidagi Angliya kubogi gʻolibi boʻladi.

1. „Nürnberg“ klubi




2010-yil 11-iyunda Mak uchun 1. FC Nyurnberg uch yillik nomaʼlum haq evaziga shartnoma imzoladi yaʼni pul toʻlov miqdori aniq aytilmagan. U boshidanoq maydonda vaqt oʻtkazadi va mavsumni Germaniyaning yuqori ligasida 22 oʻyinda yakunladi va oʻzini hujumning oʻng qanotida ishonchli variant sifatida koʻrsatib berdi. U Bundesligadagi ilk golini FC Kaiserslautern 2010-yil 20-noyabr 1-ga qarshi oʻyinda (3:1) hisobida kiritadi. U klubda toʻrt mavsumgina qolgan xolos, biroq ularning ikkinchi darajali qilib tushirib qoʻyishi shartnoma muddati tugashiga toʻgʻri keldi. Legia Warsawa u bilan shartnoma imzolashga urinadi, ammo PAOK taklifi va UEFA Yevropa Ligasida oʻynash imkoniyati uni Toumpa stadioniga olib keladi.

PAOK



2014-2015-yilgi mavsum
2014-yilning 19-iyulida u Gretsiya Superligasida oʻynaydigan PAOK bilan uch yillik shartnoma imzolaydi. U boshidanoq maydonda vaqt oʻtkaziahni boshlaydi va 2014-yilning dekabrigacha PAOKga chempionatda peshqadam boʻlishiga yordam berib keladi, ammo yomon natijalar klubni turnir jadvalida uchinchi oʻringa tushib ketishiga sababchi boʻladi. 2015-yilning 22-fevralida PAOK „Veria“ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, g‘alaba qozonish yo‘liga qaytdi, bu esa klub uchun yomon natijalar yakunlangan deganidir. U Gretsiya Superligasining 2014-2015-yilgi mavsumini yettita gol (birinchi mavsumida Facundo Pereyra va Stefanos Atanasiadisdan keyin uchinchi) va beshta gollari esa uzatma holatida yuborish orqali(Jiannis Skondrasdan keyin ikkinchi) yakunladi.

Zenit Sankt-Petersburg




2016-yilning 22-iyulida „Zenit“ va PAOK Makning taxminan 3,5 million yevro evaziga Rossiya klubiga transferini rasman eʼlon qildi. 2015-2016-yilgi mavsumda Gretsiya klubi bilan 45 oʻyinda 20 ta gol urgan 25 yoshli futbolchi tibbiy koʻrikdan oʻtib, 2007-2008-yilgi UEFA kubogi gʻoliblari bilan toʻrt yillik shartnomani imzolaydi.

Mak „Zenit“ safidagi ilk golini 11-sentyabr kuni „Arsenal“ ga qarshi oʻyinda kiritib yuborgan edi. U 46-daqiqada Oleg Shatovni almashtirib maydonga tushdi va oradan 20 daqiqa oʻtib, 66-daqiqada gol urdi. Mak oʻyinda uchinchi golni kiritdi va „Zenit“ 5:0 hisobida gʻalaba qozonishga ulgiradi.

PAOK krediti
2017-yil 3-avgust kuni Mak, UEFA Yevropa Ligasi uchinchi saralash bosqichi 2-o‘yinida Donetskning „Olimpik“ iga qarshi kechgan uyinda Diego Bisesvarning golli uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. Bu uning PAOKga qaytganidan keyingi holatidagi birinchi goli edi. Xabar qilinishicha, PAOK 2018-yilning yoz oyida Mak bilan doimiy ravishda shartnoma imzolamoqchi emas edi. U 2017-2018-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 37 ta rasmiy o‘yinda 5 ta gol urib darvozani ishgʻol qilgan edi.

Konyaspor



2020-yil 30-yanvar kuni Makning Konyaspor bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilinadi. „Zenit“ bosh murabbiyi Sergei Semak uning oʻyin vaqti cheklangan boʻlib qolishi mumkinligini aytganidan soʻng, tarkibda chet elliklar soni koʻp boʻlganligi sababli, Mak oʻyin vaqtini saqlab qolish va milliy terma jamoa uchun foydali boʻlishi uchun Super Ligaga oʻtgan edi. U yarim mavsum uchun ham shartnoma imzolaydi.

Xalqaro



match played 14 November 2021[14].

Slovakiya

Individual

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz