Razuvayev Yuriy Sergeyevich




Yuriy Sergeyevich Razuvayev (10-oktabr 1945, Moskva - 21-mart 2012, Moskva) - sovet va rus shaxmatchisi, grossmeyster (1976)

RSFSR'da hizmat ko'rsatgan murabbiy (1976). 1980 Valetta shahrida bo'lib o'tgan shaxmat olimpiadasi va 1977, 1980-yillarda bo'lib o'tgan shaxmat chempionatlarida SSSR terma jaomasi murabbiyi. Shaxmat jurnalisti. Tarixchi. Birnecha olimpiadalar hamda chempionatlar g'olibi.

Spotrchilik va murabbiylik faoliyati



1960-yillar boshlarida Mixail Botvinnik guruhida shaxmat sir-asrorlarini o'rganishni boshlagan. Huddi shu maktabda jahon chempioni Anatoliy Karpov, bo'lajak grossmeysterlar Yuriy Bashalov, Gennadiy Timoshenko va bo'lajak mashhur shaxmat murabbiysi Boris Zlotnik'lar bilan tanishgan

Moskva davlat universiteti'ning tarix fakultetini tamomlagan. Universitet shaxmat jamoasining sardori bo'lgan.

Xalqaro musobaqalardagi yuqori natijalari



Vilnyus(1969) - 3-o'rin, Moskva(1968) - 5-o'rin, (1970, 1982 va 1985) - 5, 6-o'rin, Polyanisa-Zdruy (1972) - 3-4-o'rinlar, (1979) - 1-o'rin, Syenfuegos (1975) - 4-o'rin, (1976) - 2-3-o'rinlar, San-Paulu (1977) 3-5-o'rinlar, Lyublin (1978) - 4-6-o'rinlar, Dubna (1979) - 1-4-o'rinlar, Zalaegerseg(1981) - 1-2-o'rinlar, London(1983) - 1-o'rin, Helsinki(1984) - 2-3-o'rinlar, Dortmund(1985) - 1-3-o'rinlar, Sochi(1986) - 4-5-o'rinlar.

Sportchi o'zini iqtidorli murabbiy sifatida ham namoyon eta oldi. U Karpov bilan ko'p ishlagan, Botvinnikga yordamchi bo'lgan edi. Sobiq ittifoq davrida terma jamoaga murabbiylik qildi. Uning mashhur shogirdlari qatorida jahon chempioni Aleksandr Kostenyuk va Yevropa chempioni Yevgeniy Tomashevskiy'lar bor. U 1999-2009-yillarda Italiya erkaklar shaxmat jamoasiga murabbiylik qildi.

Oilasi



Kasbi vrach-logoped bo'lgan Natalya bilan talabalik yillarida tanishgan. U bilan 45 yil turmush qurdi.

O'g'li Aleksandr Yuryevich Razuvayev (15-iyul 1973-yil, Moskva) iqtisod fanlari nomzodi, moliya bozorlarining yetakchi analitiklaridan biri hisoblanadi.

Kitoblar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz