Razin Stepan Timofeyevich




Razin Stepan Timofeyevich (taxminan 1630—71) — Rossiyada dehqonlar urushi (1670—71) rahbari, Don kazagi. 1662—63 yillarda Don atamani, qrim tatarlar va turklar bilan kurashgan. 1667-yil kambagʻal kazaklar otryadi bilan Volga va Yoyiqqa, 1668—69 yillarda Kaspiy dengizi orqali Eronga harbiy yurishlar uyushtirgan. 1670-yil bahorida dehqonlar urushiga rahbar boʻlgan. Kazak starshinasi (oqsoqoli) tomonidan chor hukumatiga xoinona tutib berilgan. Moskvada qatl etilgan (yana qarang Razin qoʻzgʻoloni).

Manbalar





uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz