Razdan




Razdan , Zanga — Armanistondagi daryo. Kura havzasidagi Araks daryosining chap irmogʻi. Uz. 146 km. Havzasining maydoni 2560 km² (Sevan koʻli havzasi bilan birga 7310 km²). Sevan kulidan oqib chiqadi. Yuqori qismida togʻ vodiysidan, quyi qismida Ararat tekisligidan oqadi. Oʻrtacha suv sarfi boshlanishida 2 m³/sek., quyilish joyida 17,9 m³/sek. Suvi sugʻorishda foydalaniladi. Daryoning umumiy nishabi 1097 m (1,8 m/km). Razdanda 6 ta GES kaskadi qurilgach, suv sarfi Sevan koʻli suvi hisobiga 44,5 m³/sek. gacha ortdi. Lekin koʻl suvi sathini saqlab qolish maqsadida suv sarfi keskin kamaytirildi. Daryo sohilida Yerevan, Sevan, Razdan, Charensavan, Arzni shaharlari joylashgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz