Razaviy Xuroson ustoni
Razaviy Xuroson (forscha: خراسان رضوی / Xorāsān-e Razavi) — Eron ustonlaridan biri. Eronning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Maʼmuriy markazi — Mashhad shahri. Boshqa yirik shaharlari: Nishopur, Sabzavor. Aholisi soni — 5 million 990 mingdan ziyod.
Shahristonlari
Razaviy Xuroson ustoni 28 ta shahristonga (viloyat) boʻlingan: Quyida ushbu shahristonlar roʻyxati keltirilgan:
Aholisi
2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Razaviy Xuroson ustonida 5 994 402 kishi istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismini forslar tashkil etadi. Ustonda shuningdek juda koʻp turkmanlar va kurdlar istiqomat qiladi. Aholi dindorlarining asosiy qismi musulmonlardir (asosiy qismi shia mazhabiga, bir qismi esa sunniy mazhabiga aloqador). Uston rasmiy tili — forscha.
Manbalar
uz.wikipedia.org