Rayssa Leal
Jhulia Rayssa Mendes Leal (2008-yil 4-yanvarda tugʻilgan) - braziliyalik skeytbordchi, 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ayollar uchun koʻcha skeytbordida kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Skeytbording faoliyati
Leal Maranhaodagi ikkinchi yirik shahar boʻlgan Imperatrizda tugʻilgan va yashagan. Maktabda oʻqishni bilan birga mashgʻulot bilan ham shugʻullangan. Uning birinchi skeytbordi 6 yoshida oilaviy doʻstidan sovgʻa qilganidan keyin shugʻullana boshlagan.
Leal birinchi marta yetti yoshida konkida uchayotgan va skeytbordda baland inshootlardan sakrab tushgan videolarni internetda koʻrib qiziqa boshlagan. Lealning onasi uni 2015-yil 7-sentyabrda videoga oldi va uni Tony Xokyga (dunyodagi eng mashhur konki uchuvchisi) yubordi. Ertasi kuni amerikalik twitterda repost qildi va shunday izoh berdi:„Bu haqida biron narsa deyish qiyin ammo bu juda ajoyib“ deya uning skeytbordingda uchishini „Braziliyada ertak uslubidagi poshnali shlyapa“ga oʻxshatadi. Oʻsha paytda u har doim kunning eng yaxshi manevrasi bilan post tayyorlardi. U „A Fadinha do Skate“ yaʼni „Skeytbordning kichkina parisi“ degan nomni oldi.
Boshlangʻich musobaqalarda
Mendes Leal Londonda 2019-yilda skeytbording boʻyicha koʻcha ligasi chempionatida qatnashib, 26,0 ball bilan Alexis Sablone, Leticia Bufonidan keyingi uchinchi oʻrinni egalladi. Undan keyingi oʻrinlarni braziliyalik Pamela Rosa va avstraliyalik Hayley Wilson egalladilar. 2019-yil iyul oyida u Los-Anjelesdagi Street League Skateboarding chempionatida birinchi oʻrinni egallab, Pamela Rosa va Alana Smithni ortda qoldirdi. Shuningdek, 2019-yilda u X Gamesdagi birinchi ishtirokidayoq toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
2020-yilgi Olimpiada oʻyinlarida
U 13 yoshida 2020-yil Tokiodagi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi va bu Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan eng yosh braziliyalik sportchiga aylandi. Skeytbording koʻcha musobaqasida saralashda u 3-oʻrinni egalladi. Finalda u kumush medalni qoʻlga kiritdi. Taqdirlash marosimi kuni 13 yoshu 203 kunligida u 85 yil ichida eng yosh Olimpiada sovrindori boʻldi va tezlik bilan mashxurlikka erishib, Instagramda 5,8 million yangi obunachiga ega boʻldi. Yosh sportchi musobaqa davomida raqiblariga nisbatan sport mahoratini ko‘rsatib, The Visa Awards mukofotini ham qo‘lga kiritdi. Mukofot oʻzi tanlagan xayriya tashkilotiga 50 000 dollar xayriya hisoblanadi.
2021-2024
2021-yil 28-avgust kuni Rayssa 2021-yilgi Street League skeytbording mavsumining ochilish bosqichida gʻalaba qozondi, u Salt Lake City, Utah, AQSh da boʻlib oʻtdi. Tryuklarning soʻnggi bosqichida Rayssa Funa Nakayamadan oʻtishi uchun 8,3 ball kerak edi va hayratlanarli darajada 8,5 ball oldi. Bu ayollarning SLS tarixidagi eng yuqori ball boʻldi, chunki rasmiy musobaqada hech bir ayol 360º burilib, keyin tutqich manevriga erisha olmagan.
2022 yil aprel oyida u Funa Nakayama va Chloe Kovelni magʻlub etib, X Games oʻyinlarining birinchi oltin medalini qoʻlga kiritdi.
2022-yil noyabr oyida u Rio-de-Janeyroda 2022-yilgi SLS Super Crown sovrinini qoʻlga kiritdi.
Manbalar
uz.wikipedia.org