Raymond Kopa




Raymon Kopa (fransuzcha: Raymond Kopa, tugʻilganda Kopashevskiy (polyakcha: Kopaszewski), 13-oktabr 1931-yil, Ne-le-Min (Pa-da-Kale), Fransiya) — kelib chiqishi polyak boʻlgan fransiyalik futbolchi. Hujumchi. 50-60-yillarda Yevropaning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi.
Oʻynagan klublari: „Anjers“ (1949-1951), „Stad de Reyms“ (1951-1956; 1959-1967), „Real Madrid“ (1956—1959).

Fransiya terma jamoasi safida 1952-1962 yillarda 45 ta oʻyin oʻtkazgan.

Biografiya



Fransiyada Polshadan kelgan emigrant konchilar oilasida tavallud topgan. Oʻz faoliyatini oʻng qanot hujumchisi sifatida boshladi va keyin markaziy hujumchi sifatida oʻynay boshladi. 1958-yildagi jahon chempionatining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri boʻldi, chempionat natijasiga koʻra, Fransiya bronza medali sohibi boʻldi. Shu sababdan ham 1958-yili „Oltin toʻp“ sovriniga ega boʻldi. Afsuski, oyogʻining sinishi va uni davolash uchun oʻtkazilgan operatsiyalar natijasida 1967-yilda oʻz faoliyatini tugatishga majbur boʻldi.

Erishgan natijalari




Yevropa chempionlari kubogi finalchisi: 1956

Lotin kubogi finalchisi: 1955

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz