Rayan Cherki




Mathis Rayan Cherki (talaffuzi: Matis Rayan Cherki), (2003-yil 17-avgustda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, Liga 1 klubi „Lyon“ klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Yoshlik hayoti



Cherki 2003-yil 17-avgustda Fransiyaning Lion 3- okrugida tugʻilgan. Cherkining ota-onasining ikkalasi ham jazoirlik hisoblanadi; uning otasi Fabris ham italyan millatiga mansub.

Klubdagi faoliyati



Cherki Lyon yoshlar akademiyasining mahsuloti boʻlib, ularning eng yaxshi istiqbollaridan biri hisoblanadi. U 15 yoshida Championat National 2 da ularning jamoasida zaxira oʻyinchisi sifatida oʻynay boshladi. 2019-yilning 7-iyulida Cherki „Lyon“ bilan 2022-yilgacha boʻlgan birinchi professional shartnomasini imzoladi. U professional debyutini 2019-yil 19-oktabr kuni Liga 1 doirasidagi „Dijon“ga qarshi oʻyinda (0:0) oʻtkazdi.

2019-20-yilgi UEFA Yoshlar ligasida toʻrtta gol urganidan soʻng, u Yevropadagi debyutini 2019-yil 27-noyabr kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichida Zenitga qarshi oʻyinda oʻtkazdi, 16 yoshu 102 kunlik, oʻyinda u 2:0 hisobidagi magʻlubiyatning 74-daqiqasida Maksvel Kornetga almashtirildi.

2020-yilning 4-yanvarida Cherki Fransiya kubogi doirasidagi "Bur -an-Bresse " ustidan 7:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda zaxira oʻyinida oʻzining birinchi asosiy golini urdi va „Lion“ safida 16 yosh140 kunligida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. 18-yanvar kuni u Fransiya kubogi doirasidagi yana bir oʻyinda „Nant“ klubi ustidan 4:3 hisobida gʻalaba qozongan „Lyon“ klubining toʻrtta golida ishtirok etdi; u dubl qayd etdi va qolgan ikkita golga assistentlik qildi.

2020-yil 19-avgustda Cherki UEFA Chempionlar ligasi doirasidagi „Bavariya“ klubiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. Shu tariqa u UEFA Chempionlar Ligasi yarim finalida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi. Oʻsha oʻyinda „Lyon“ klubi gʻoliblarga 3:0 hisobida magʻlub boʻlib, musobaqadan chiqib ketgan edi.

Cherki oʻzining Liga 1 dagi birinchi golini 2021-yil 2-may kuni „Monako“ ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda urgan. Uchrashuvning soʻnggi daqiqalarida uning goli „Lyon“ klubining gʻalabasini taminladi.

Xalqaro darajadagi faoliyati



Cherki ota-onasi sabab Jazoir va Fransiya termalarida oʻynash huquqiga ega hisoblanadi. Cherki 2018-yilda Fransiyaning 16 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida ikki marta oʻynagan, har ikkisi ham Daniya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini edi.

Faoliyat statistikasi



Klubdagi natijalari



2022-yil 30-oktabr holatiga ko`ra[14]

Yutugʻi



"Olympique Lyon"

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz