Rayan Akkroyd




Ryan Ackroyd ( Kayla va lolspoon) sobiq xaker. 2011-yil 6-maydan boshlab kompaniyalarga 50 kunlik hujumlar paytida „LulzSec“ xakerlik guruhining oltita asosiy aʼzolaridan biri boʻlgan. 2011-yilda HBGaryFederal, PBS, Sony, Infragard Atlanta tarmoqlariga hujumlar uchun javobgar edi. Oxir-oqibat u xakerlik faoliyati uchun 30 oy qamoqda oʻtirdi.

Qamoqdan chiqqanidan soʻng, Ackroyd faoliyatini yaknulagan. Eski guruh aʼzolari bilan aloqani toʻxtatgan.

2014-yil dekabr oyida u Sheffild Xallam universitetida 200 dan ortiq talabalar uchun oʻzining birinchi maʼruzasini oʻqidi. Maʼruzada oʻtgan umri va sheriklari haqida gapirib bergan.

Oʻzining Twitter akkauntida Ackroyd oʻzi buzgan tizimlar xavfsizligiga yordam berishga vaʼda berdi. U shunday degan: „agar menga imkoniyat berilsa, men bu tizimlarni himoyalashga yordam beraman“. U shuningdek, „Men uchun bu odamlarning maʼlumotlarini oʻgʻirlash maqsad emas edi, men odamlarga ularning xavfsiz deb ataladigan tizimlari qanchalik nuqsonli ekanligini koʻrsatmoqchi edim. Odamlar oʻz narsalarini tuzatishi kerak … Men kompaniyalarga va hatto davlat tashkilotlariga son-sanoqsiz elektron pochta xabarlarini yubordim va menga eʼtibor berishmadi“.

Tarixi



Ackroyd yashirin isyon degan maʼnoni anglatadi. U Iroqda xizmat qilgan piyoda askar boʻlib, u yerda harbiy aloqa va tizimlarni shifrlashga yordamlashgan.

Faoliyati



2011-yilda Ackroyd SQL inʼektsiyasi orqali HBGaryFederal.com xavfsizligini buzgan kichik xakerlar guruhining aʼzosi edi. U fox.com, UK Bank Machines, Sony, PBS, FBI, Bethesda Softworks, Senate.gov, Arizona Davlat departamentiga buzib kirdi. Safety, AT&T, AOL, Navy.mil, Infragard Atlanta, NATO Bookshops kabi saytlarni buzgan.

U shuningdek, 2010-yil dekabr oyida Gawker Media kompyuter tarmoqlarini buzib kirishga mas’ul boʻlgan.

Hibsga olish va sud jarayoni



2011-yil 1-sentabrda Ackroyd hibsga olindi. Maʼlum boʻlishicha, Ackroyd aslida qiz emas, balki Iroqda xizmat qilgan 24 yoshli yigit edi. U garov evaziga ozod qilindi.

Ackroyd Angliyada 30 oylik qamoq jazosini oʻtagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz