Raxil Xazanovich




Raxil Lyvovna Xazanovich (ruscha: Рахиль Львовна Хазанович1906.9.10, Ukraina, Poltava viloyati Loxovitsa shahri — 2002) — farmakognost, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), farmatsevtika fanlari doktori (1955), professor (1958), Xarkov farmatsevtika institutini tugatgan (1929). Priluki shahri dorixonasida assistentretseptor (1929 — 33), tamaki fkasida kimyo laboratoriya boshligʻi (1934—35), Dnepropetrovsk farmatsevtika instituti farmatsevtik kimyo va farmakognoziya kafedrasida assistent (1935—40). 1940-yildan Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda surgi va burishtiruvchi taʼsirga ega boʻlgan dorivor oʻsimliklarni oʻrganishga oid.

uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz