Ravzat us-safo




Ravzat us-safo [toʻliq nomi: روضة الصفا في سیرة الانبياء والملوك والخلفاء „Ravzat us-safo fi siyrat ul-anbiyo va-l-muluk va-l-xulafo“ („Paygʻambarlar, podsholar va xalifalarning tarjimai holi haqida jannat bogʻi“)] — Muhammad Mirxond tomonidan Islomning paydo boʻlishi, dastlabki islom sivilizatsiyasi hamda Eron tarixiga bagʻishlangan fors tilida bitilgan tarixiy asar. Asar dastlab milodiy 1497-yilda yozila boshlagan. „Ravzat us-safo“ 8 jild va xulosadan iborat boʻlib 8-jildi geografik koʻrsatkichlardan iborat. Asar juda ilmiy yoʻsinda yozilgan boʻlib, Mirxond oʻn toʻqqizta yirik arab tarixiy manbalari hamda yigirma ikkita oʻz davrining mashhur fors tarixiy manbalariga murojaat etgan va baʼzida ulardan iqtibos keltirgan Uning ijodi keyingi koʻplab tarix asarlarga, jumladan, Xoji Xalfaning asarlariga asos boʻldi.

Tarixiy asar quyidagi masalalarni qamrab oladi:

Uslubi



Mirxond oʻz asarida tarixiy urf-odatlarni tanqidiy oʻrganishga unchalik urinmadi va bejirim hamda tez-tez dabdabali uslubda yozdi. Bu
asar yetti katta jild va geografik koʻrsatkichdan iborat; lekin yettinchi jild yaʼni sulton Husaynning tarixi, 1523-yilgacha boʻlgan baʼzi voqealar haqida qisqacha maʼlumotlarning (muqaddimani oʻzi yozgan boʻlishi mumkin) asosiy qismini davom ettirgan va unga qoʻshimchaning bir qismini nabirasi, tarixchi Xondamir (1475-1534) yozib qoldirgan.

Qoʻlyozma nusxalari



Eron, Vena, Parij va Londonda turli xil forscha qoʻlyozma dubletlari saqlanmoqda. 1843-yilda Parijda fors nashri "Histoire des Samanides par Mirhond" nomi bilan nashr etilgan. Asar 1843-yilda (Parij) fors tilida Mumbay (1848 yoki 1852)da litografik tarzda toʻliq nashr etildi. Grant tarzida Abbos Parviz (1959-yilda Tehronda) umumiy tahriri ostida „ تاریخ روضت الصفا “ (Tarix-i Ravzat as-Safa) nomi bilan 7 jildda nashr etilgan.

Tarjimalari



"Rawżat aṣ-ṣafāʾ" mashhurligi tufayli bir necha bor nashr va koʻplab tillarga tarjima qilingan. Taxminan 1596-yilda Pedro Teysheira „Rawżat aṣ-ṣafā̄ʾ“ning ispancha tarjimasini tayyorladi. Kitob qisman ingliz tiliga 1715-yilda tarjima qilingan. 1782-yilda Tohiriylar va Safforiylar qismlari (2, 3, 4-boblar) lotin tiliga tarjima qilindi. Shuningdek Sosoniylarga bagʻishlangan (1,2-boblar) 1793-yilda fransuz tiliga oʻgirildi.

1892-yildan 1893-yilgacha birinchi kitobning (Rashidun xalifalariga qadar) ingliz tiliga tarjimasi sharqshunos Edvard Rehatsek tomonidan tayyorlangan va Forster Fitzgerald Arbuthnot tomonidan ikki jildda nashr etildi.

Bulardan tashqari „Ravzat us-safo“ rus va eski oʻzbek tillariga ham tarjima qilingan.

Elektron varianti




Izohlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz