Ravshanova Gulnora Hasanovna




Gulnora Hasanovna Ravshanova (1946.26.5, Termiz shahri) — Oʻzbekiston xalq artisti (2004). Termiz davlat pedagogika institutini tugatgan (1975). Xadicha Boboxonovanint qizi. 1963-yildan Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrida aktrisa. R. oʻz ijodi davomida lirik, dramatik, komik kabi turli xarakterdagi obrazlar yaratdi: Maysara (Hamza, "Maysaraning ishi"), Nurxon (K.Yashin, "Nurxon"), Ledi Milford (Shiller, "Makr va muhabbat"), Saodat (E.Vohidov, "Istambul fojiasi"). Sotti (S.Ahmad, "Kelinlar qoʻzgʻoloni"), Bibi (Sh.Pardayev, "Osmonsiz uy"), Toʻlgʻanoy (Ch.Aytmatov, "Momo yer"), Bibixonim va Ona turk (Q.Abdunabiyev, "Amir Temur va Yildirim Boyazid"), Kuntugʻmishbeka (U.Azim, "Atpomishning qaytishi"), Malika (X.Xursandov, "Oʻlding aziz boʻlding") va boshqa.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz