RAVSHANOVA GULNORA HASANOVNA



RAVSHANOVA GULNORA HASANOVNA (1946.26.5, Termiz shahri) — O’zbekiston xalq artisti (2004). Termiz davlat pedagogika institutini tugatgan (1975). Xadicha Boboxonovaninh qizi. 1963 yildan Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrida aktrisa. Ravshanova o’z ijodi davomida lirik, dramatik, komik kabi turli xarakterdagi obrazlar yaratdi: Maysara (Hamza, “Maysaraning ishi”), Nurxon (K.Yashin, “Nurxon”), Ledi Milford (Shiller, “Makr va muhabbat”), Saodat (E.Vohidov, “Istambul fojiasi”). Sotti (S.Ahmad, “Kelinlar qo’zg’oloni”), Bibi (Sh.Pardaev, “Osmonsiz uy”), To’lg’anoy (Ch.Aytmatov, “Momo er”), Bibixonim va ona turk (Q.Abdunabiev, “Amir Temur va Yildirim Boyazid”), Kuntug’mishbeka (u.Azim, “Atpomishning qaytishi”), Malika (X.Xursandov, “o’lding aziz bo’lding”) va boshqalar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz