Ravshanov Mansur Temirovich




Mansur Temirovich Ravshanov (1937.4.7, Qarshi) — aktyor, rejissor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1961). Surxondaryo teatrida avval aktyor, keyinchalik rejissor, bosh rejissor (1963–74, 1975-yildan), 1974–75 yillar Qashqadaryo teatrida bosh rejissor "Alpomish" (S. Abdulla; T. Jalilov), "Boy ila xizmatchi", "Maysaraning ishi", "Jononga bordim bir kecha" (Hamza), "Alisher Navoiy" (I. Sulton, Uygʻun), "Parvona" (Uygʻun), "Nurxon" (Komil Yashin), "Ajab savdolar" (H. Gʻulom; Manas Leviyev), "Kelinlar qoʻzgʻoloni" (S. Ahmad), "Oʻz arizasiga koʻra" (Oʻlmas Umarbekov), "Makr va muhabbat" (Friedrich Shiller), "Momo yer", "Oq kema" (Ch. Aytmatov), "Kelin va kuyov" (M. Bayjiyev), "Amir Temur va Yildirim Boyazid" (K. Abdunabiyev), "Alpomishning qaytishi" (U. Azim) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz