Ravshanbek Yunusov




Ravshanbek Bekovich Yunusov (1946-yil 14-fevral — 2016-yil 24-noyabr, Toshkent) — sovet futbolchisi, himoyachi. U " Paxtakor " " tarkibida SSSR Oliy ligasida 90 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan.

Tarjimai hol



Toshkentning „Spartak“ oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi, 1956-yildan Maʼruf Akbarov murabbiyligi qoʻl ostida tahsil olgan. Ravshanbek Bekovich yoshligida Toshkentning „Dimitrovets“ jamoasida hamda Oʻzbekiston SSR yoshlar futbol terma jamoasida ham oʻynagan.

1966-yili respublikaning asosiy jamoasi — Toshkentning " Paxtakor " jamoasiga oʻtadi. U 1966-yilning 30 avgustida Oliy ligada debyut qilib Yerevanning „Ararat“ jamoasiga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushadi hamda uchrashuv oxirigacha maydonda toʻp suradi (4:1). Ushbu oʻyindan soʻng, u „Paxtakor“da oʻzining oʻrnini mustahkamlab oladi va mavsum oxirigacha yana 12 ta uchrashuvda ishtirok etadi. 1968-yil 10-aprelda u Sovet Ittifoqi chempionati oliy ligasida Lev Yashin himoya qilgan Moskvaning „Dinamo“ jamoasiga qarshi oʻyinda ilk golini uradi. 1970-yilgi mavsum oʻrtalarida u jamoadagi oʻrnini yoʻqotadi va bir yildan soʻng jamoani tark etadi. Umuman olganda, u oliy ligada 90 ta oʻyin oʻtkazib, 3ta gol urgan.

„Paxtakor“ni tark etgach, ikkinchi ligada „Yangiariq“ jamoasida oʻynagan, keyinchalik bu jamoa nomini „Xonqa“ ga oʻzgartirgan.

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik va boshqaruv ishlari bilan shugʻullanishni boshlaydi. Mehnat faoliyatining soʻnggi yillarida nafaqaga chiqqunga qadar Toshkentdagi „Istiqlol“ sport majmuasiga rahbarlik qilgan. 2000-yillarda esa „Paxtakor“ faxriylari jamoasiga ustozlik qilgan.

Ravshanbek Yunusov nafaqaga chiqqan boʻlishiga qaramay, 2014-2016-yillarda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi mahallada mahalla oqsoqoli (oʻzini oʻzi boshqarish organi boshligʻi) boʻib faoliyatini davom ettirgan.  

Ravshanbek Bekovich Yunusov 2016-yil 24-noyabrda Toshkent shahrida vafot etgan. U  besh nafar qizlarning otasi va  qator nevaralarning sevimli bobosi edi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz