Ravshanbek Siddiqov




Ravshanbek Inomjonovich Siddiqov (1952-yil 7-aprel, Qoʻrgʻontepa tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik agronom olim, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (2008), professor (2022).

Biografiyasi



Ravshanbek Siddiqov Andijon viloyati, Qoʻrgʻontepa tumani 1952-yil 7-aprelda tugʻilgan. 1975-yilda Andijon paxtachilik institutini tamomlagan. Mutaxasisligi olim agronom. 1968—1985-yillarda Qo‘rg‘ontepa tumani „Frunze“ nomli sovxoz ishchisi, 2-brigada boshlig‘i, jismoniy tarbiya bo‘yicha yo‘riqchi, fuqarolar mudofaasi boshlig‘i, Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzi tuman qoʻmitasi mas’ul kotibi, muhandis-irrigator, direktor o‘rinbosari, bosh agronom, partiya qo‘mitasi kotibi, 1985—1986-yillarda Qo‘rg‘ontepa tumani „Dzerjinskiy“ nomli sovxoz partiya qo‘mitasi kotibi, 1987—1988 yillarda sovxoz direktori, 1988—1988-yillarda Andijon viloyati partiya qo‘mitasi tashkiliy ishlar bo‘limi yo‘riqchisi, 1988—1992-yillarda Qo‘rg‘ontepa tumani „Dzerjinskiy“ nomli sovxoz direktori, 1992—1994-yillarda Qo‘rg‘ontepa tumani „Sharof Rashidov“ nomli davlat xo‘jaligi direktori, 1994—1996-yillarda Andijon viloyati „Xo‘jaobod“ dehqonchilik sanoati uyushmasi bosh boshqaruvchisi, 1996—1999-yillarda Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi, 1999—2002-yillarda Andijon viloyati „Xo‘jaobod mevalari“ agrofirmasi bosh direktori, 2002—2014-yillarda Sug‘oriladigan yerlarda g‘alla va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimida faoliyat yuritgan. 2014-yildan Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori.

Ilmiy faoliyati



Ravshanbek Siddiqov 1996-yilda qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, 2008-yilda qishloq xo‘jaligi fanlari doktori ilmiy darajasini, 2012-yildan Rossiya fanlar akademiyasining akademigi, 2022-yilda professor ilmiy unvonini olgan. Olim tomonidan 35 dan ortiq boshoqli don ekinlarining yangi navlari yaratilgan. Ravshanbek Siddiqov 2 ta monografiya, 200 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

Mukofotlari




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz