Ravshanbek Olimov




Ravshanbek Ozodbekovich Olimov (1966-yilda tugʻilgan) — oʻzbek diplomati. Oʻzbekiston Respublikasining Ukraina, Fransiya, Portugaliya davlatlaridagi sobiq favqulodda va muxtor elchisi.

Biografiya



1966-yilda Andijon viloyati Jalolquduq tumanida tug‘ilgan.

1990—yilda Moskva davlat universitetini tamomlagan.

1997—yilda — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

1990—yildan 1992—yilgacha — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi „Nihol“ markazi talabalar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi.

1993—yildan 1994—yilgacha — „O‘zbelst“ O‘zbekiston-Belarus qo‘shma korxonasi bosh direktorining o‘rinbosari.

1994—yildan 1996—yilgacha — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.

1997—yildan 2000—yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha maslahatchisi.

2000—yildan 2001—yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining safarbarlik va davlat zaxiralari masalalari kompleksi yetakchi mutaxassisi.

2001-yildan 2003-yilgacha — O‘zbekiston makroiqtisodiyot va statistika vazirligining Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tashqi savdo balansini prognozlash boshqarmasi boshlig‘i.

2003-yildan 2005-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi va Moldovadagi favqulodda va muxtor elchisi.

2005-2008-yillarda — O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi (bir vaqtning o‘zida Portugaliyada);

2008-yildan 2011-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi MDH davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

2011-2018-yillarda — Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi maslahatchisi.

2018-yildan 2020-yilgacha - Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.

2020-yildan - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz