Ravshan Xo‘jayev




Ravshan Ilxanovich Xoʻjayev (1980-yil 16-yanvarda tugʻilgan, Buxoro, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — 2016-yildan ayni paytgacha  boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi katta murabbiyi. “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy” faxriy unvoni, “Doʻstlik” ordeni, “Oltin mangus” xalqaro mukofoti laureati[.

Tarjimai hol



Ravshan Ilxanovich Xoʻjayev 1980-yil 16-yanvarda Buxoro shahrida tugʻilgan, 1994-2005-yillarda boks bilan shugʻullana boshlagan, boks boʻyicha Oʻzbekiston sport ustasi boʻlgan, shundan soʻng murabbiylik faoliyatini boshlagan. Ikkita oliy ma’lumotga ega. 2011-yilda Buxoro davlat universitetining psixologiya fakultetini tamomlagan. 2017-yilda ikkinchi oliy ta’lim boʻyicha shu universitetning Jismoniy tarbiya va sport fakultetini bitirgan. 2022-yilda fakultetning magistratura bosqichini sport nazariyasi yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. 2016-yildan boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi katta murabbiyi lavozimida ishlab kelmoqda, “Uzbek Tigers”  yarim professional jamoasida klub yopilgunga qadar faoliyat olib borgan. Olimpiada, jahon va Osiyo chempionatlarida koʻp marotaba murabbiy sifatida ishtirok etgan. U Rio-de-Janeyro Olimpiada kumush medali sovrindori, 2017-yil Germaniya (Gamburg)da jahon chempioni Shahram Gʻiyosov, Rio Olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov kabi mashhur sportchilarni tarbiyalagan, jahon chempionlari Shahram Gʻiyosov va professional janglar boʻyicha Tokiodagi Olimpiya oʻyinlari chempioni, jahon chempioni Bahodir Jalolov jahon chempionlarini tayyorlagan.

Mukofotlar




Havolar




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz