Ravshan Usmonov
Ravshan Usmonov (30-sentabr, 1978-yil, Toshkent) — oʻzbek diplomati, yurist. 2012—2017-yillarda Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchisi. 2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan. 2018-yildan Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi favqulodda va muxtor elchisi.
Biografiyasi
1978-yil 30-sentyabrda Toshkentda tugʻilgan.
Taʼlim
2000-yilda Buyuk Britaniya Birmingem universitetini, 2003-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan.
Ish tajribasi
2000—2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi va NATO bilan hamkorlik boshqarmasi uchinchi kotibi, referenti, attashesi.
2005—2007 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi va NATO bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.
2007—2010 — Oʻzbekiston Respublikasining Ispaniyadagi elchixonasi muvaqqat ishlar vakili.
2010—2012 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi va NATO bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.
2012—2017 — Oʻzbekiston Respublikasining Fransiya, Italiya va Portugaliyadagi favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Parijda).
2017—2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari.
2018-yildan 2023-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi favqulodda va muxtor elchisi.
Rus, ingliz, fransuz va ispan tillarini biladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org