Ravshan Muhiddinov




Ravshan Abdulatifovich Muhiddinov  — Oʻzbekiston Respublikasining sobiq adliya vaziri (2007-2011), Prezidentning sobiq davlat maslahatchisi (2011-yilda).

Biografiyasi



Toshkent shahrida ishchi oilasida tugʻilgan.

Maʼlumoti oliy, huquqshunos. 1985-yilda Toshkent davlat universitetining yuridik fakultetini, 1997-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1985-yilda Toshkent shahar Chilonzor tumani prokuraturasida ish o'rganuvchi sifatida boshlagan.

1986-1992-yillarda Toshkent shahar prokuraturasi tergov bo‘limi tergovchisi, prokurori, tergov bo‘limi katta prokurori.

1992-1995-yillarda Toshkent shahar Sobir Rahimov tumani prokurori o‘rinbosari.

1995-yilda Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari.

1995-1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi nazorat-tahlil boshqarmasi prokurori.

1997-1998-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari.

1998-2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining mas’ul xodimi.

2000-2005-yillarda Jizzax viloyati prokurori.

2005-2006-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining mas’ul xodimi.

2006-2007-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari.

2007-2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri.

2011-yilda — O‘zbekiston Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi.

2011-yilda — Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi.

2011-yil 20-noyabrda hibsga olingan. 2012-yil 16-fevral kuni Toshkent shahar Sergeli tumani sudi Ravshan Muhiddinovni bir qator og‘ir iqtisodiy jinoyatlar, jumladan, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarda aybdor deb topib, 15 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

2017-yil dekabrda amnistiya munosabati bilan muddatidan avval ozodlikka chiqarilgan. 2018-yil 8-may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining qarori bilan toʻliq oqlangan.

2018-yildan Toshkent shahridagi shirkatlardan birida yurist sifatida ishlamoqda.

Mukofotlari



2004-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz