Ravshan Irmatov




Ravshan Sayfiddinovich Ermatov  — Oʻzbekistonlik professional futbol hakami. U 2000—2019-yillarda Oʻzbekiston Ligasida va 2003-2019 yillarda xalqaro miqyosda ishlagan. FIFA Jahon Kubogining oʻyinlarini 11 marta boshqargani boʻyicha rekordga ega. 2019-yil iyun oyida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-Prezidenti etib tayinlandi. Ushbu tashkilotning birinchi vitse-Prezidenti Oʻzbekiston futbolining amaldagi yetakchisidir. U Oʻzbekiston futbolidagi islohotlarni mamlakat futbolidagi uzoq tanqid va korrupsiya mojarolaridan soʻng boshladi. Inauguratsiya paytida u shunday dedi: „agar barchamiz birlashsak va bitta maqsad uchun ishlasak, biz har qanday qiyinchiliklarni yengamiz“.

Biografiyasi



Ravshan Ermatov 1977-yil 9-avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. U FIFA tomonidan 2003-yilda xalqaro hakamlikka tayinlangan. Ravshan Ermatov Kanadada oʻtkazilgan 2007-yilgi FIFA U-20 Jahon Chempionatida hakamlik qilib, Gambiya — Meksika hamda Chili — Kongo oʻyinlarni boshqargan.

Ravshan Ermatov 2008, 2009, 2010 va 2011-yillarda Osiyoning „Eng Yaxshi Hakami“, deb baholandi, va 2008-yilgi FIFA Klublararo Jahon Chempionati finalini boshqarish uchun tanlandi.

2010-yilda Janubiy Afrika Respublikasida boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha jahon chempionatida Janubiy Afrika Respublikasi va Meksika jamoalari ochilish oʻyinini bochqarishi uchun arbitr etib tayinlandi. Shundan soʻng u Angliya — Jazoir, Argentina — Yunoniston, chorak finalda Argentina — Olmoniya, yarim finalda Gollandiya — Urugvay oʻyinlarini boshqardi.

Uning asosiy ishi ham futbol bilan bogʻliq. U futbol instruktori boʻlib ishlaydi. Oʻzbek tilidan tashqari, rus va ingliz tillarini ham biladi.

Ravshan Ermatov Osiyoning „Eng yaxshi hakam“ nominatsiyasida ketma-ket toʻrt marotaba gʻolib boʻlgan qitʼadagi yagona futbol hakamidir. Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi uni 2011-yilda jahonning eng yaxshi hakami, deb eʼtirof etildi. 2014-yilgi jahon chempionatida ham qatnashdi.

2014-yil 25-iyunda Islom Karimov buyrugʻi bilan „El Yurt Hurmati“ ordeni bilan taqdirlanadi.

2019-yil 15-iyunda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti lavozimi joriy etildi va Ravshan Ermatov ushbu lavozimga tayinlandi.

2020-yil 8-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

2023-yilda Ermatov OFK ijroiya qoʻmitasining markaziy zona vakili etib saylangan.

Qiziqarli maʼlumot



Ravshan Ermatov hakamlarni mina izlovchi sapyorlarga oʻxshatadi. „Men hakamlarni mina izlovchi sapyorlarga oʻxshataman. Sal notoʻgʻri harakat minaning portlashiga olib keladi“, — deydi. Guinness rekordlar kitobiga „Jahon chempionatlarini eng koʻp boshqargan hakam“ sifatida kiritilgan.

Mukofotlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz