Ravshan Haydarov (general)




Ravshan Haydarovich Haydarov  – oʻzbek davlat arbobi, general-mayor. Oʻzbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri (2001-2002), davlat bojxona qoʻmitasi raisi (2002-yil 16-may – 28-noyabr), Sirdaryo viloyati hokimi (2002-yil 28-noyabr – 2004-yil 26-noyabr).

Biografiyasi



1979-yilda Toshkent militsiya maktabini tugatgan.

1999—2001 - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi.

2001—2002 - Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.

2002-yil 16-maydan 28-noyabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona qoʻmitasi raisi.

2002—2004 - Sirdaryo viloyati hokimi.

2004—2016 - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi oʻqituvchisi.

2016—2021 - Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro muhofazasi instituti boshligʻi.

2021-yil 9-fevralda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

2023-yil 8-sentyabrdan hozirgacha - Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi boshligʻi.

Mukofotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz