Ravshan Gʻulomov




Gulyamov Ravshan Ayupovich  — 2019-yildan Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy siyosat boʻyicha davlat maslahatchisi.

Biografiya



1968-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

Ma'lumoti: oliy, 1992-yilda Toshkent davlat universiteti, 1998-yilda Avstraliya milliy universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati
1985-1992 – Toshkent davlat universiteti talabasi.

1986-1988 - harbiy xizmat.

1992-1992 – Davlat banki davlat byudjeti boshqarmasi 2-toifali mutaxassisi.

1992-1994 – Markaziy bank valyuta-iqtisodiy bosh boshqarmasi 2-toifali iqtisodchisi, bosh eksperti, sektor mudiri, bosh boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari.

1994-1998 – Markaziy bank valyuta nazorati va tashqi aloqalar departamenti direktori o‘rinbosari.

1998-2001 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi xizmati bosh konsultanti.

2001-2004 – Markaziy bank raisining o‘rinbosari.

2004-2006 – Milliy bank boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari.

2006-2007 – «Asaka» davlat-aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi.

2007-2009 – Taraqqiyot va rivojlanish fondi ijrochi direktori.

2009-2010 – Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari.

2010-2011 – Iqtisodiyot vaziri.

2011-2012 – Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.

2012-2017 – Taraqqiyot va rivojlanish fondi ijrochi direktori.

2017-2018 – Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi.

2018-2019 – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudiri.

2019-2019 – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari.

2019-yildan  — Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy siyosat boʻyicha maslahatchisi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz