Ravshan Bozorov




Ravshan Bozorov (Bazarov) (1968-yil 10-may) — sovet va oʻzbek futbolchisi.

Tarjimai hol



Faoliyatini 1985-yilda "Surxon" klubida boshlagan va 1990-yilgacha oʻynagan.

1990—1991-yillarda SSSR chempionati Oliy ligasida „Pomir“ safida toʻp surgan.

1991-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtgan va u yerda oʻz faoliyatidagi eng katta muvaffaqiyatga erishgan, uch karra chempion va Oʻzbekiston kubogi sohibiga aylangan.

1995-yildan buyon turli klublarda — „Paxtakor“, „Dinamo“, „Mash’al“, „Toʻpalang“, "Lokomotiv"da oʻynagan.

„Berador Abduraimov klubi“ (oʻzbek futbolida 200 dan ortiq gol urgan futbolchi sifatida) va „Gennadiy Krasnitskiy klubi“ga aʼzo boʻlgan.

Faoliyatini 2007-yilda "Navbahor"da yakunlagan.

Oʻzbekiston terma jamoasi safida 26 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan.

Murabbiylik faoliyati



Murabbiylik faoliyatini 2009-yilda „Dinamo“da yordamchi boʻlib boshlagan. 2011-yilda "Lokomotiv"da bosh murabbiy yordamchisi boʻlgan. 2012—2014-yillarda ushbu klubning yoshlar jamoasiga ustozlik qilgan.
2014-yilda Birinchi ligada oʻynaydigan NBU-Osiyo klubi bosh murabbiyi boʻlgan. 2016-yilda "Navbahor"ga rahbarlik qilgan.

Yutuqlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz