Ravon (qishloq)




Ravon  — Fargʻona viloyati Soʻx tumanidagi qishloq, tumanning maʼmuriy markazi. Soʻx daryosining oʻng sohilida joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Furqat (62 km). Viloyat markazi (Fargʻona)gacha — 116 km. Aholisi 5,9 ming kishi (2003). Soʻx daryosidan suv oladi. R.da tuman hokimiyati binosi, tuman tashkilotlari, umumiy taʼlim maktablari, litsey, dehqon bozori, madaniyat saroyi, markaziy stadion, markaziy kasalxona bor. Madaniy, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Soʻx tumani telestudiyasi, „Sadoi Soʻx“ gaz. taxririyati faoliyat kursatadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz