Ravilya Salimova
Ravilya Najipovna Prokopenko (Qizlik familyasi Salimova) (1941-yil 8-sentyabr, Shoʻrchi, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2019-yil 3-iyul, Toshkent) — sovet basketbolchisi, SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1964). 2 karra jahon chempioni, 4 karra Yevropa chempioni, Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.
Biografiyasi
Ravilya Salimova Sho‘rchi shahrida ishchi oilasida tugʻilgan. Otasi frontga ketgan, u yerda yarador boʻlgan va Tbilisida davolanib ortga qaytayotgan vaqtida vafot etgan, onasi ikki qizni yolgʻiz tarbiyalagan.
Ravilyaning bolaligi oʻz qishlogʻida oʻtgan, u yerda maktabga borgan tengdoshlari bilan paxta tergan, onasiga koʻmaklashgan.
Ravilyaning boʻyi baland boʻlgan. Uning oʻzidan besh-olti yosh katta boʻlgan sportchi tanishlaridan biri Yuriy Mineyev, Ravilyaga Toshkentga basketbol murabbiyi Leonid Velichkodan dars olgani borishni taklif qilgan. 1958-yilda 16 yoshida Salimova Toshkentga borgan va Velichko tomonidan darhol sport maktab-internatiga olingan. Bir necha mashgʻulotlardan soʻng u „Textilmash“ jamoasi bilan Tbilisiga „A“ toifasiga chiqish uchun turnirga borgan va bir necha yil oʻtgach, u jahon va Yevropa chempioni, shuningdek, SSSR basketbol tarixidagi birinchi ikki metrlik markaziy himoyachiga aylangan.
Milliy terma jamoadagi debyuti 1962-yilda Fransiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida boʻlib oʻtgan va Salimova har bir oʻyinda oʻrtacha 7,7 ochko toʻplagan.
U toʻrt karra Yevropa chempioni (1962, 1964, 1966, 1968) boʻlgan. Prokopenko jahon chempionatida SSSR terma jamoasiga eng katta hissa qoʻshganlardan biri hisoblanadi. U jamoaning eng yaxshi oʻyinchisi boʻlgan: 1964-yil — 13,1 ball, 1967-yil — 16,3 ball.
Klub miqyosida u faqat Toshkentning „Mexnat“ va „SKIF“ jamoalarida oʻynagan.
Faoliyatini tugatgandan soʻng Oʻzbekiston SSR sport qoʻmitasida instruktor boʻlib ishlagan, oʻz nomidagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabini boshqargan.
2006-yilda „Sport-Ekspress“ gazetasi SSSR basketbol tarixidagi eng yaxshi markaziy himoyachini aniqlash uchun oʻquvchilar va mutaxassislar oʻrtasida soʻrov oʻtkazgan. Gazeta oʻquvchilari Ravilyani 8-oʻringa qoʻyishgan. Ravilya soʻrovnomada 22 ta ovoz toʻplagan).
U turmushga chiqqan, qizi — Angela (Oʻzbekiston basketbol terma jamoasida oʻynagan) va oʻgʻli — Igor, kuyovi — qilichboz Valeriy Zaxarevich.
2019-yil 3-iyul kuni 78 yoshida Toshkent shahrida vafot etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org